M U N D A R I J A KIRISh2 I. BOB. VALYeYBOLNING PAYDO BO'LIShI TARIXI5 I. 1. VOLYeYBOL VA UNING RIVOJLANISh TARIXI…….5 I. 2. O'zbekistonDA VOLYeYBOLNING RIVOJLANISh TARIXI15 II. Bob. VOLYeYBOL O'YINI TYeXNIKASI - TAKTIKASI VA UNI O'RGATISh USLUBIYoTI36 II. 1. Voleybol O'yini texnikasini O'RGATISh USLUBIYoTI36 I. 2. Voleybol O'yini tAKTIkasini O'RGATISh USLUBIYoTI46 II. 3. voleybol bo'yicha darslarni o'tkazish uslubiyati50 X U L O S A 56 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR59 KIRISh Mavzuning dolzarbligi - Voleybol o'yini 1895 yilda Amerika qo'shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqining jismoniy tarbiya o'qituvchisi yani rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan kashf qilindi. Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted 1896 yilda bu o'yinga voleybol deb nom berdi. Voleybol inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tilida parvoz qiluvchi to'p degan manoni bildiradi. 1895 - 1920 yillar voleybol o'yinining rivojlanishini birinchi bosqichi bo'lib hisoblanadi. voleybol sporti shug'ullanuvchilar soni jihatidan nihoyatda keng ommaviylashgan sport turlari qatoriga kiradi. 1996 yil iyul oyida AQSH ning Atlanta shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon Kongressida elon qilin-ganidek voleybol jahon miqyosida futboldan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi. Mazkur o'yinni ixtiro qilgan pastor Vilyam Morgan voleybolni shu darajada ommaviylashib ketishini o'z vaqtida ehtimol xayoliga keltir-magan bo'lsa kerak. Mamlakatimizda voleybol o'yini sport turi sifatida 1920 yillardan so'ng vujudga kelgan bo'lib, qisqa vaqt ichida keskin ommaviylashib ketdi. Respublikamiz sharafini himoya qilib kelgan o'qituvchi, Nauka, Lokomotiv, Spartak, ODO, Paxtakor, Avtomobilist, Dinamo kabi yetakchi voleybol jamoalarimiz turli miqyosdagi musobaqalarda o'z san'atlarini navbatma-navbat namoyish qilib kelishdi. Bugungi kunga kelib o'zbek voleyboli mustaqil yo'nalishda taraqqiy etib bormoqda. 1993 yil iyul oyida Xitoyni Shanxay shahrida o'tkazilgan VII Osiyo chempionatida mustaqil O'zbekiston Respublikasining ayollar jamoasi voleybol tarixida birinchi bor ishtirok etib faxrli 6 o'rinni qo'lga kiritdi. Istiqloldan so'ng o'zbek voleybolining taraqqiyoti yangicha yo'nalishda rivojlanayotgani ko'zga tashlanayotir. Jumladan, 1992 yildan boshlab munta-zam o'tkazilayotgan O'zbekiston milliy chempionati va o'quv muassasalari o'rtasida o'tkazilayotgan 3 bosqichli (Umid nihollari, Barkamol avlod, Universiada) musobaqalar o'zbek voleybolining yanada ommaviylashishiga ta'sir etmoqda. Mazkur musobaqalarda professionallik asosida tuzilgan jamoalarni ishtirok etishi maqtovga sazovordir. Bularga Kanop (Samar-qand), Viktoriya (Navoiy), MXSK (Chirchiq), Avtomobilchi (qo'qon), Avtomobilist (Namangan) va SKIF (Toshkent) jamoalari misol bo'ladi. Voleybolda o'yin texnikasi o'ziga xos tasnifga ega bo'lib, u bir necha turkumdan tarkib topadi. O'yin texnikasining tasnifi «hujum texnikasi» va «himoya texnikasi» kabi turkumlarga bo'linadi. Ular esa o'z navbatida yuqoridan pastga qarab bir - biriga bo'ysundirilgan kichik turkumlardan tashkil topadi. «Texnika» atamasi yunoncha (tehnus) so'zdan olngan bo'lib, juda keng manoda foydalaniladi va o'zbek tilida «san'at» degan tushunchasini anglatadi. Hujum texnikasiga holat va harakatlanish, uzatish, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:11 ]
Arxiv ichida: doc