Reja: 1. Etnopedagogikada kasb-hunar egallashning afzalligi haqida 2. Kasmb-hunarning vorisiyligi va kasb-hunar sohibining ma'naviy-axloqiy sifatlari xususida. 3. Etnopedagogikada iqtisodiy tarbiyaning yoritilishi. 1. Etnopedagogikada kasb-hunar egallashning afzalligi vaa vorisiyligi haqida Insonning o'zi va o'z oilasining baxt-saodati yo'lida mehnat qilishga shaxsan tayyor ekanligi uning ichki imkoniyatlarini tashkil etadi, -degan edi Prezident I.A. Karimov (O'zbekiston - buyuk kelajak sari, T., O'zbekiston, 1998. 63- bet). Darhaqiqat, bugungi yoshlarni kelajak hayotiga tayyorlash ularga zamon talabiga mos kasb-hunar o'rgatishni taqoza etadi. Zero: Jahon bozoridagi integratsiya, ilmiy - texnikaviy taraqqiyot sur'atlari tarbiya, ta'lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik masalalarini hal etishga jamul - jam yondoshishni taqoza qilmoqda. Hozirgi paytda yoshlarga yuqori malakali ixtisos egalari bo'lib yetishishlariga sharoit yaratmay turib, biz Respublika xalq xo'jaligi, ishlab chiqarish sohalarini tubdan o'zgartira olmaymiz. Chunki, ishsizlik, maosh kamligi, kadrlar taqchilligi va boshqalar ana shu tufaylidir. Bunda unutib yuborilgan xalq an'analari va udumlarini tiklashga ham e'tibor berish kerak(Usha manba). Ko'rinib turibdiki, kasb-hunar tarbiyasi hozir mamlakatimizda ustivor yo'nalishga aylanmoqda. Ta'lim to'g'risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham xuddi shu maqsadga qaratilgan hujjatlardir. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda bizga xalq pedagogikasi yordam berishi mumkin. Chunki ajdodlarimiz kasb-hunar tarbiyasiga alohida e'tibor berishgan. Ilmni, kasb-hunarni so'rab o'rganish or hisoblanmagan, balki Orlanib so'ramagan o'ziga zolim hisoblangan. Qadimgi xalq maqollarida kasb-hunar egallashning afzalligi va ijtimoiy ahamiyati ko'rsatib utilgan. Chunonchi, Temirchining ming urgani, bosqonchining bir urgani maqolida temirchiga qaraganda bosqonchining zarbi kuchliligi emas, balki hunarsizdan hunarlining zarbi unumli ekanligi aytilsa: Ko'ra-ko'ra ko'zchil bo'lasan, so'zlay-so'zlay so'zchil bo'lasan maqolida esa, ilmni va kasb-hunarni asta-sekinlik bilan o'rganib, mahoratli bo'lish mumkinligiga ishora qilinmoqda. Xalq maqollarida hunarni mashaqqatsiz o'rganib bo'lmasligi Tikansiz gul bo'lmas, mashaqqatsiz - hunarmakolida yakkol ko'rsatiladi. Hunar boylikka yetaklovchi yo'l ekanligi shunday ta'kidlanadi: Tekin boylik axtarguncha, o'zingga bop hunar top!. Hunarni bilimdon ustozdan o'rganish lozim, deyiladi xalq maqolida. Aks holda: Usta ko'rmagan shogird, har maqomga yo'rg'alar. Har bir ishni shu sohani kasb qilgan kishi bajarsa sifatli bo'lishi: CHumchuq so'ysa ham, qassob so'ysin maqolida ta'kidlanadi. Hunarning inson hayotidagi ahamiyati makollarda shunday ko'rsatiladi: Hunar - zar, hunarsiz - xor, Hunarli kishi och qolmas, Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining kabi va b Shuningdek, kasb-hunarni o'rganishda kechikmaslik zarurligi: Qirqingda surnaychi bo'lsang, qachon chalasan?, yoki: Qirqida qo'liga soz olgan, qiyomatda qulog'ini burar maqollarida ta'kidlangan. Kasb-hunar o'rganishning ijtimoiy ahamiyati ham etnopedagogika manbalarida alohida ta'kidlab o'tilgan. Jumladan, CHistoni Elikbek afsonasida jinlarga qarshi kurashgan Elibek, Xubbi afsonasida Amudaryoda 700 yil hukmronlik qilgan Xubbi, Gershasp afsonasida ajdarga qarshi kurashgan Gershasp, Ibn Sinoning Tadbiri manozil asarida ( bir kasb-hunarni o'zlashtirishga kirishgan bo'lsin ), ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.18 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.18 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:11 ]
Arxiv ichida: doc