Kasb hunar kollej o'qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun

Kasb hunar kollej o'qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb hunar kollej o'qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun - rasmi

Material tavsifi

Kasb hunar kollej o'qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun Reja: Kirish Fasadbop fasad ashyolari Yo'l uchun g'isht. Xulosa Adabiyotlar Kirish Malumki, mustaqillik yillarida Respublikamiz har tomonlama rivojlanib, o'sib bormoqda. Boshqa sohalar bilan bir qatorda memorchilik, qurilish, obodonlashtirish ishlarida ham qadimgi avlodlarimizdan qolgan ma'naviymadaniy meroslar hozirgi kunda yanada boyitilmoqda. Qadim zamonlardan qolgan bebaho san'at asarlari tarixiy obidalarimiz ularni yaratgan ajdodlarimizning aql farosati, nozik didi va yuksak ma'naviyatidan darak beradi. Hozirgi paytda bu ma'naviy-madaniy qadriyatlar yosh mutaxassislarimiz tomonidan davom ettirilmoqda. Xalqimizning yuksak madaniyati, bebaho san'atini biz shahrimizdagi tarixiy yodgorliklar misolida ko'rishimiz mumkin. Amir Temur, Mirzo Ulug'bek zamonalarida qurilgan Samarqanddagi memoriy obidalar jahon madaniyati merosining ajralmas qismi bo'lib, ular jahon sivilizatsiyasining qimmatbaho durdonalaridir. Tosh, sopol materiallarda o'z aksini topgan, oddiy xalq tomonidan kashf etib yaratilgan bu manumental bino va inshootlar bizning ko'zimiz oldida o'zinig butun chiroyi, nozikligi bilan namoyon bo'lib, milliy san'atimiz va madaniyatimizning o'ziga xos tomonlarini ochib beradi. Samarqandning bu takrorlanmas madaniy memoriy kimmatbaho boyliklari oddiy xalq tomonidan haqiqiy tarixiy madaniyatni ijodkorlari qo'li bilan yaratilgan. Bular xalq ustalari bo'lib, ko'p asrlar davomida o'z bilim va yuksak mahoratlari evaziga shunday o'lmas asarlarni yaraatib, toshlarga muhrladilarkim, ular hozirgacha avlodlarni hayratga soladi. Toshga bitilgan asarlarlar odamzod tarixida necha million yillarni bosib o'tadi va xalq madaniyatini uning keyingi avlodlariga etkazadi. V. Gyugo aytganday, «Odamzod ongida paydo bo'lgan eng ahamiyatli fikrlarni toshga bitib ifodalaydi, chunki qog'ozga bitilgan qo'lyozmalarda har qanday buyuk g'oyalar bo'lmasin ular vaqt o'tishi bilan yo'qolishi mumkin, lekin qurilgan bino - bu toshda ifodalangan boshqacha bir kitob bo'lib, u bir umrga chidamlidir» Qurib bitkazilgan turar-joy binolari, inshootlar va korxonalarda foydalanishga topshirilishidan oldin, albatta, pardozlash ishlari bajariladi. Pardozlash ishlarigasuvoqchilik hamda bo'yoqchilik ishlari kiradi. Suvoqchilik. Suvoqchilik ishlari binolarning tashqi va ichki devorlarini, xona shiplarini, deraza va eshik raxlarini pardozlash uchun bajariladi. Suvoq o'z vazifasiga ko'ra: 1) nam va suv o'tkazmaydigan, 2) arxitektura jihatidan inshootni bezaydigan, 3) tashqi ta'sirlardan (yomg'ir, qor, shamoldan) saqlaydigan suvoqlarga va ishlatilishidagi holati bo'yicha ho'l suvoq va quruq suvoqqa bo'linadi. Ho'l suvoq deb konstruksiya yuzasini suyuq yoki quruq qorishma bilan suvashga aytiladi. Bunda qorishma tsement, alebastr, ohak kabi qurilish materiallaridan tayyorlanadi. Suvoq qavatining qotishi to'g'ridan-to'g'ri devor sathida sodir bo'ladi. Ho'l suvoq malum qatlamda suvaladi va xarsang toshli devor suvog'ining qalinligi 10 dan 20 mm gacha, g'isht devor suvog'ining qalinligi 10 dan 15 mm gacha, chetan (rezgi reyka) qoqilgan devor suvog'ining qalinligi 20 dan 25 mm gacha bo'ladi. Quruq suvoq deb konstruksiya yuzasiga mahkamlanadigan qoplamalarga aytiladi. Quruq suvoq katta karton listlari (qog'oz kartonlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.24 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.24 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga