Kasb hunar kollejlari ichki nazoratining tashkiliy pedagogik asoslari O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sifatini nazorat qilish O'MKHT sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi: Ichki nazorat - O'MKHT muassasasi tomonidan amalga oshiriladi; o'qitish sifatining ichki nazorati ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi tasdiqlagan «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilarining bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to'g'risida» gi Nizom asosida reyting-nazorat shaklida o'tkaziladi. Nazoratning reyting tizimi quyidagi nazorat tadbirlari o'tkazilishini ko'zda tutadi: joriy nazorat - og'zaki so'rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, yani o'qituvchi o'z amaliyotida qo'llaydigan barcha so'rov turlarini o'z ichiga oladi. Oraliq nazorat oraliq nazorat - fanning malum bir qismi, bo'limi yakunlangandan so'ng o'tkaziladi. Oraliq nazoratning o'tkazilish tartibi, shakli ta'lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. yakuniy nazorat - semestr tamom bo'lganda va o'quv dasturining tegishli bo'limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Yakuniy nazoratning o'tkazilish tartibi, shakli ta'lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. tashqi nazorat - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat Test Markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan «ta'lim muassasalari va pedagogik kadrlarning davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi Nizom» va amaldagi me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi; Davlat-jamoat nazorati - ta'limni boshqaruvchi vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda jamoat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi; Yakuniy davlat attestatsiyasi Yakuniy davlat attestatsiyasi - davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni himoya qilish bilan yakunlanadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
523.92 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
523.92 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:11 ]
Arxiv ichida: ppt