Kasb hunar o'quv yurtlarida maxsus fan o'qituvchilarning pedagogik faoliyati

Kasb hunar o'quv yurtlarida maxsus fan o'qituvchilarning pedagogik faoliyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb hunar o'quv yurtlarida maxsus fan o'qituvchilarning pedagogik faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Kasb hunar o'quv yurtlarida maxsus fan o'qituvchilarning pedagogik faoliyati Reja: Ilmiy tajribani o'rganish bo'yicha texnologiyalar O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi subardinatsiya qanday bo'lishi kerak Ilmiy tajribani o'rganish bo'yicha texnologiyalar Pedagogik jarayonni tashkil etishda talaba va o'qituvchining munosabati ham turlicha bo'lishi mumkin. Ilmiy tajribani o'rganish bo'yicha: Geshtalt texnologiya, Bixeivioristik rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya - (E. Torondayk, D. Uotson, V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy ko'rinishi quyidagicha: Stimul-reaksiya-mustahkamlash. Stimul - qo'zg'atuvchi, reaksiya - faoliyat, mustahkamlash - baholash va rag'batlantirish. Ular o'zlashtirish mexanizmi mana shu ko'rinishda vujudga keladi degan fikrni oldinga tashlaydi. Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning onglilik masalasiga kam etibor qaratiladi. Geshtalt texnologiya - (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul qilishiga, idrok qilish refleksini o'rganishga asoslangan, yangi mavzuni o'zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o'zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini takidlaydi va shu asosda o'zlashtirish texnologiyalarini yaratadi. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin g'oyasi. Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy umumlashtirishlardan foydalanish, mantiqiy bog'liqliklar va guruhlash sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan yangi bilimlarga qarab harakat qilish, yani bor bo'lgan assotsiatsiyalar asosida yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi oson bo'lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab harakatlanishni tavsiya etadilar (oblast blijayshego razvitiya). Soddadan murakkabga qarab izchil rivojlanish o'zaro bog'liqliklarga amal qilish talab etiladi. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga yo'naltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga asoslanadi. His-tuyg'ularni uyg'otishga qaratilgan. O'zlashtirish jarayonida insonning nafaqat ongi, balki his-tuyg'ulari ham ishtirok etishini va o'zlashtirish jarayonida hissiyotlarni uyg'otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan ham anglab etishiga yordam berishini takidlaydilar. Faqat ong bilan qabul qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo'ladi degan fikrlar asosida o'zlarining o'zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni o'zlashtirishda obrazlardan foydalanish, hissiyotlarni uyg'otish va har bir talaba ana shu hislarni sezishini ta'minlashga etibor beradilar. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi subardinatsiya qanday bo'lishi kerak? Pedagogdan o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahorat taqozo etadi. So'zlashishda muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yulga qo'ya olishi lozim. Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og'zaki nutq shakli ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlashuvidir. Pedagog bilan o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun pedagogda etarli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.5 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.5 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga