Kasb hunar ta'limining tarkib topishi haqida qisqacha ma'lumot

Kasb hunar ta'limining tarkib topishi haqida qisqacha ma'lumot

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb hunar ta'limining tarkib topishi haqida qisqacha ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Kasb hunar ta'limining tarkib topishi haqida qisqacha ma'lumot Reja: Kasb-hunar ta'limida pedagogik texnologiyalar mazmuni. Kasb-hunar ta'lim muassasalarida o'qitishning ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlari Kasb-hunar ta'limini tahlil qilish va o'rganish sabablari Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta'lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. ta'lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlar Respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo'li deb etirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o'sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklatilar ekan, o'z o'rnida ularning ta'lim-tarbiyasini maqsadli amalga oshirishga bevosita jamiyat, oila va ta'lim tizimi birdek masul. Shuningdek, ta'lim-tarbiya bilan bog'liq kasb egalari pedagoglar, ularning kasbiy salohiyati, malaka va mahorat darajalari, ma'naviy qiyofasi masalalari ham davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biridir. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning farmon, asar va nutqlari, vazirlar mahkamasi hujjatlari, xalq ta'limi, oliy va o'rta-maxsus kasb-hunar ta'limi tizimining qator hujjatlari mazmuni bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlarning qonuniy va kontseptual asoslari bo'lib, «ta'lim to'g'risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g'oyalarini amalga oshirish jarayonida o'qituvchi kadrlar muhim rol o'ynaydilar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida takidlangan milliy model O'zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg'or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) - komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o'zida to'laqonli aks ettiruvchi namunadir. Kasb-hunar ta'limida pedagogik texnologiyalar mazmuni. ―ta'lim to'g'risidgi Qonun va - Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish Respublika ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta'minlash, ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma'naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog'liqdir. Zero, kasb-hunar ta'limi muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchi o'qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab jarayon bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu murakkab va mas'uliyatli vazifa o'qituvchi-pedagoglar zimmasiga yuklatiladi. O'qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o'z ixtisosligi yo'nalishlari bo'yicha maxsus ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxs sanaladi va u o'qitish shakllarida foydalaniladigan o'qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy bilishga doir g'oyalar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.82 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.82 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga