Kasb mahorati fanning predmeti. Avtomobilsozlikda ishlab chiqarish jarayonlari

Kasb mahorati fanning predmeti. Avtomobilsozlikda ishlab chiqarish jarayonlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb mahorati fanning predmeti. Avtomobilsozlikda ishlab chiqarish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

RYeJA: 1.Kasb mahorati faning predmeti. 2.Avtomobilsozlikda mavjud ishlab chiqarish jarayonlari. 1.Kasb mahorati predmeti. Avtomobilsozlikda mavjud bo'lgan texnologik jarayon va ishlab chiqarish bosqichlarini o'qitish jarayoniga yo'naltirib o'rgatadigan fan. Avtomobilsozlik o'z ichiga alohida detal tayyorlanish texnologik jarayonidan tortib tayyor avtomobil yaratishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. Fanning asosiy qismi avtomobillarni ishlab chiqarish texnologiyasini o'zida aks ettiradi. Avtomobilsozlik ishlab chiqarish jarayonining turlari, bosqichlari, texnologik jarayonlar, ularning elementlari, ularni amalga oshirish usullari, moslamalar, mahsulot qulayligi, texnologik jarayonlarini loyihalash masalalari fanning asosiy asosiy tarkibidir. Fanning alohida qismi avtomobillarni yig'ish texnologik jarayoni, jarayonni loyixilash to'g'risidagi asosiy mavzularni o'z ichiga oladi. Fanni o'qitishdan asosiy maqsad Kasbiy ta'lim(YeUTT) mutaxassislarga, ularning faoliyati doirasida avtomobilsozlik to'g'risida zarur bo'lgan ma'lumotni etarli hajm va mazmunda taqdim qilishdir. Avtomobilsozlikning rivojlanish tarixi XIX asr oxiri va XX-asr boshlari bilan bog'liqdir. Chor Rossiyada 1908-1915 yillari oralig'ida 500 ga yaqin asosan yengil va bir nechta yuk avtomobillar ishlab chiqarilgan edi. 1915 yilda 5 ta avtozavod qurilishi boshlandi. 1924 yilda AMO 1,5 tonna yuk ko'taradigan avtomobil ishlab chiqardi. 1925 yilda Yaroslavl avtomobil zavodi ishga tushdi. Avtomobillarning ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi 1931-1941 yillarni o'z ichiga olib, bu oraliqda ishga tushrilgan zavodlar seriyalab va ommaviy avtomobil ishlab chiqarishga mo'ljallangan. 1931 yilda tshga tushgan ZIL, GAZ avtmobil zavodlari shu lar jumlasidandir. Ikkinchi jahon urushi yillarida Ural avtomobil zavodi ishlay boshladi. 40-yillar oxiriga kelib MAZ da 6-7 tonna yukga mo'ljallangan avtomobillar ishlab chiqarila boshladi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishmasdan oldingi davrda avtomobilsozlik boshqa, asosan Yevropahududida joylashgan Respublikalarda rivojlangan edi. O'rta Osiyo davlatlari asosiy xom ashyo manbai bo'lib qolavergan edi. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi qisqa muddat ichida iailakatimiz zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlangan avtomobil zavodlariga ega bo'ldi va hom ashyo tayyorlash davlatidan ilg'or zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlangan jahon standartlariga mos keladigan avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavodlarga ega bo'lgan davlatga aylandi. O'zbekistonning birinchi rivojlanish bosqichidayoq avtomobilsozlikning rivojlanishiga juda keng etibor berildi. Koreya davlati bilan hamkorlikda O'zDEU avtomobil ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. 1998 yilga kelib Samarqand shahrida Samkochavto zavodi ishga tushirilib, bu zavodda o'rta hajmli avtobus va avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. 2. mahsulot deb son yoki nusha bilan aniqlanuvchi oxirgi bosqichida shakllanuvchi narsaga aytiladi. Ishlab chiqarishning xarakteriga qarab mahsulot - mashina, mashina elementi yoki alohida detal bo'lishi mumkin. Avtomobil zavodi uchun mahsulot avtomobil bo'lsa, motor zavodi uchun dvigatel bo'ladi, ishlab chiqarilgan mahsulotning vazifasiga qarab ular asosiy va qo'shimcha ishlab chiqarish mahsuloti bo'lishi mumkin. mahsulotning birinchi turiga sotish, tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar kirsa, ikkinchi guruhiga korxonaning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar kiradi. Detal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.03 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.03 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga