Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari

Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari Reja: Kuzatish metodi. Test metodi. Biografiya (tarjimaihol) metodi. Anketa metodi. Sosiometriya metodi. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Kuzatish metodi Avvalo metodlar haqida ikki og'iz so'z. Metod so'zi - yunoncha methodos bo'lib tadqiqot, tekshirish degan manoni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo'l, usul so'zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo'llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni to'plashdagi qo'llaniladigan tadqiqot metodalari haqida so'z boradi. Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o'rin egallagan diagnostik xususiyatli metodlaridan biri - kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo'lib hisoblanib, uzoq o'tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo'lib, keng ko'lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning obyekti, ko'lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlari o'rganish imkoniyati tug'ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o'zgarishlar yuzaga keldi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo'ldi, xolisonalik (obyektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o'lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida qo'llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiy imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: Voqeli (atrof- muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo'nalishlarga ajratish (nemischa-lotincha «kvantifikasiyalash», yani zarur, birincha darajali jihatlarini saralash); Kuzatishning ko'lami (hajmi), xususiyati va o'ziga xosligini aniqlash, yani uning nimalarga qaratilganini belgilab olish; Kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko'rinishning o'ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, yani fransuzcha - lotincha «fiksasiyalash»); -Kuzatish davomida to'plangan omillar, ma'lumotlar, natijalarni matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlaribo'yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish. - Psixologik kuzatish olib borishdan ko'zlangan maqsad mana bulardan iborat: Kuzatiluvchi vaziyat, holat va obyektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish; Kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik ifodalanishni yaratish, yig'ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. Kuzatishning obyekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega: Kuzatishning obyekti - inson, guruh, jama shaxslararo munosabatlar, emotsional- hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati ijodiyoti, muomalasi kabilarni o'rganishdan iboratdir. Kuzatishning predmeti - insonning xilma-xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi uzluksizligi, dinamikasi, o'ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizasiyalashdan tashkil topgandir. Amaliy va gnostik holatlar; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.18 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.18 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga