Kasb psixologiyasining mutaxassislik fanlarini mustahkamlashga interaktiv yondashuvi

Kasb psixologiyasining mutaxassislik fanlarini mustahkamlashga interaktiv yondashuvi

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb psixologiyasining mutaxassislik fanlarini mustahkamlashga interaktiv yondashuvi - rasmi

Material tavsifi

Kasb psixologiyasining mutaxassislik fanlarini mustahkamlashga interaktiv yondashuvi Reja: Barkamol avlodni tarbiyalashda kasb psixologiyasini tutgan o'rni Individuallik o'ziga xos talablari Shaxs va kasb bilan bog'liq allomalarni fikrlari XX asrning boshlarida Amerika va Yevropamamlakatlarida kasbni yo'nalishlarini shakllanishi Barkamol avlodni tarbiyalashda kasb psixologiyasini tutgan o'rni Barkamol avlodni tarbiyalashda kasb psixologiyasini tutgan o'rni Kasb psixologiyasi orqali shakllanayotgan mutaxassislarda kasbga oid bo'lgan nazariy bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalar shakllantirilib borilishi nazarda tutilgan. Bu jarayonda ta'lim prinsiplariga ham alohida to'xtaladi. ta'lim (o'qitish) jarayoni murakkab hamda ko'p qirralidir. Unda o'qituvchi va o'quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta'lim jarayonining qonun-qoidalari, ta'limga qo'yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilinishiga bog'liq. O'qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo'ladi. Shu sababli, shaxsnio'qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib etishtirish jarayonini bir butunlikda amalga oshirish zarur. O'qituvchi qachonki ta'lim tamoyillaridan xabardor bo'lgandagina uni samarali boshqarish, o'qitishning samarali usullarini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham o'qitish tamoyillari ta'lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to'g'ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Mutaxassislarga pedagogik bilimlar, uslubiy ko'rsatmalar berish bilan birgalikda jamiyatda mavjud bo'lgan turli kasblar haqida ham keng qamrovli bilimlar berish Kasb psixologiyasi orqali shakllanayotgan mutaxassislarda kasbga oid bo'lgan nazariy bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalar shakllantirilib borilishi nazarda tutilgan. Kasb tanlash jarayoni ijtimoi ahamiyat kasb etsada, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbi ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yo'llanma, ko'rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o'ziga xos talablarni taqozo etadi. Individuallikni o'ziga xos talablari 1. Mutaxassislarga qo'yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o'sib borayotganligi. 2. Kasb tanlashga sabab bo'luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va kasblar to'g'risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me'yorining mavjud emasligi. 3. O'spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga va bozor munosabatlariga hamohang o'zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli mutaxassislik yo'nalishlari o'rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi. 4. Yoshlarning mutaxassislik yo'nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga, maqsadga, faoliyat yo'nalishiga va istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega emasligi va boshqalar. Kasbiy shakllanishini ta'minlashga to'siq bo'luvchi bir qator omillar 1. Mutaxassislarga qo'yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o'sib borayotganligi. 2. Kasb tanlashga sabab bo'luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va kasblar to'g'risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me'yorining mavjud emasligi. 3. O'spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga va bozor munosabatlariga hamohang o'zgarayotganligi hamda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.32 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.32 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga