Kasb ta'lim metodikasi

Kasb ta'lim metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb ta'lim metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Kasb ta'lim metodikasi O'quv materiallarining o'zlashtirilganligi, ko'nikma va malakalarni hosil bo'lganligini tekshirish va baholash. O'quv materiallarining o'zlashtirilganligi, ko'nikma va malakalarni hosil bo'lganligini tekshirish va baholash. Talabalar o'qish jarayonida bilim ko'nikma va malakalarni egallab oladilar.Bilimlarda obyektiv dunyo umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Bilimlarni o'zlashtirish faktlar,tushunchalar va qonuniyatlarni o'rganishni nazarda tutadi. Bilimlarning ta'sirchanligi, ularni bemalol egallab, ularning o'zgaruvchanligi, ulardan turli sharoitlarda, jumladan, yangi bilimlarni egallash uchun foydalana bilish bilimlarning to'laligi va chuqurligining muhim ko'rsatkichidir. Ko'nikma-kishining ma'lum bir harakatlarni ongli ravishda bajarish qobiliyatidir, bu qobiliyat bilimlar va eng oddiy tajriba asosida hosil qilinadi. Bilimlar bajarilayotgan harakatning nazariy asosi hisoblanadi. Bilimlar tufayli harakatlarning ayrim bosqichlari va ularning ketma-ketligi tushunarli bo'ladi. Malaka-mashq qilish yo'li bilan hosil bo'ladigan ish-harakatdir. Ko'nikmalar-bu amaldagi bilimlardir. Mashq qilish natijasida yurish, o'qish, yozish, og'zaki hisoblash, xilma-xil mehnat jarayonlarini bajarish malakalari hosil qilinadi. Talaba harakatni bajarishning muayyan usullarini egallab oladi va bu ishni ongning nazoratisiz avtomatik ravishda bajaradi. Lekin boshlang'ich bosqichda harakat doimo ongli suratda bajariladi. Masalan, tikuv mashinasiga ip taqish ketma-ketligini tasavvur qilish,kerakli ip va ignani tanlash lozim. Agar talaba ipni taqishni bir necha marta takrorlagandan so'ng, harakat odatdagi bir harakatga aylansa, u ongning zohiriy ishtirokisiz bajariladi. YAngi tikuv mashinasiga iplarni taqish, gazlamani tepki ostiga o'rnatish va mashinasi ishga tushirish ishlarini ko'p marta takrorlash har doim bu harakatlarning ketma-ketligini o'ylab ko'rishdan ozod qiladi. Ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv materilalari o'zlashtirilganligini, ko'nikma va malakalar hosil bo'lganligini tekshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o'qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o'quv jarayonining turli bosqichlarida ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. Baholash - ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o'quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o'lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. E'tiboringiz uchun rahmat! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.29 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.29 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga