Kasb ta'lim muassalarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning asosiy mohiyati Reja: 1. Kasb-hunar kollejlarida o'quv jarayoni mazmuni. 2. O'quv tarbiyaviy jarayonini loyihalashtirish prinsipi. 3. O'qitish jarayonining tuzilishi, uni loyihalash va loyihalash bosqichlari. 4. Dars loyihasi va uni amalga oshirish modeli. Kasb-hunar kollejlarida o'quv jarayoni mazmuni Mamlakatimizda ta'lim islohotlari jarayonida kasb-hunar kolleji o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o'rta maxsus kasb - hunar o'quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi; o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi. Kasb - hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta'limning keyingi bosqichlarida o'qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradi. Kasb-hunar kollejlaridagi ta'lim o'quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning umumiy hamda maxsus bilim berishning eng muhim vositasidir. O'qitish jarayoni davomida o'quvchilarning bilim doiralari rivojlantiriladi. Kollejlarda ta'lim berishda uning ikki tomoni: o'qitish va o'qish tomonlari hamma vaqt ravshan ajralib turadi. O'qitish- o'qituvchining o'quvchilarga bilim, o'quv va malakalar berishi, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyati hisoblanadi. O'qish- o'quvchilarning o'quv fani materialini o'zlashtirish borasida qiladigan tizimli va ongli mehnatidir. Ta'lim jarayoni tizim sifatida quyidagilardan iborat: O'quv tarbiyaviy jarayonini loyihalashtirish prinsipi. Ma'lumki, o'qitish jarayoni boshqariladigan jarayondir. O'qituvchi pedagogik texnologiya qonuniyatlariga ko'ra maqsad, faoliyat, natija yo'nalishida amalga oshirib, ya'ni ta'lim natijasini oldindan ko'ra olish qobiliyatiga ega bo'lishi, o'qish-o'qitish masalalarini va ularni hal etish texnologiyasini loyihalash qonuniyatlari bilan yaqindan tanish bo'lishi lozim. Loyihalangan texnologiya dars mavzuiga ajratilgan vaqt doirasida joriy etilib, tanlangan qo'shimcha ma'lumotlar o'quvchilar kuchiga, bilim darajasiga, yosh va individual xususiyatlarga mos kelishi kerak. Shuningdek, o'qish-o'qitish jarayonida axborot texnologiyasi va texnik vositalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va qo'llash malakasini o'qituvchi o'zida shakllantirgan bo'lishi lozim. Bu albatta, o'qituvchidan ijorkorlikni, yangilikni anglay olish va undan aniq foydalana olish qobiliyatiga ega bo'lishni talab etadi. Buning uchun o'qituvchi ko'z o'ngida doimo nimani o'qitish? Kimni o'qitish? va qanday o'qitish? muammosi turishi kerak bo'ladi. Ilmiylik, zamonaviylik va yakuniy natijani kafolatlanganlik prinsipi tajribada sinalgan, yaxshi natija berishga mos bo'lgan ta'lim-tarbiyaning shakl, metod, vositalari faol metodlarini doimiy ravishda ilmiylikka yo'llashni talab etadi. O'qituvchi-tadqiqotchi uzluksiz izlanishi didaktik ma'lumotlarni oqilona qo'llash malakasiga ega bo'lishi mumkin. Maktab tajribasida ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni qo'llash, zamonaviylikni e'tirof etadi. Pedagogika nazariyasidagi yangi metod, metodlaridan foydalanish, ta'lim mazmuniga mos shakl metodlarini tanlash ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
806.84 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
806.84 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:11 ]
Arxiv ichida: ppt