RYeJA: 1. Kasb ta'limi mutaxassisligi haqida umumiy tushuncha. 2. Kasb ta'limi mutaxassisligining istiqbollari. 3. Xorijiy davlatlarda kasbiy ta'lim tizimining rivojlanishi. Kasb ta'limining asosiy tushunchalari TA'LIM-bilim berish, malaka va ko'nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. ta'lim jarayonida bilim o'zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. ta'lim tor manoda o'qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o'quv yurtlarida o'qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham ma'lumot o'zlashtirish jarayonidir. ta'lim jarayoni o'z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) malum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o'zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni o'zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo'ladi); v) ko'zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to'g'ri yo'l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko'rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli -malakadan iborat bo'ladi). Insonning malum bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishida ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha xatti-harakatlari ta'lim bilan bog'liq bo'ladi. ta'limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma'lumotga ega bo'lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta'lim haqidagi g'oyalariga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich) larida ta'limning mohiyati, maqsadi, mazmuni, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o'zgarib, takomillashib boradi. ta'lim, mohiyatiga ko'ra, bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o'zaro hamkorlikdagi faoliyatning natijasidir. ta'lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat) lari o'zgaradi. ta'lim jarayonida kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o'zlashtiriladi va shu bilan u avlodlar orasidagi ma'naviy-madaniy, ijtimoiy vorislikni ta'minlaydi. ta'limning metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi tashkil etadi. KASBIY PYeDAGOGIKA - umumiy pedagogikaning bir sohasi bo'lib, u tarbiya, ta'lim, o'qitish haqida qator nazariy va amaliy ma'lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug'ullanadi. Kasb-hunar ta'limi pedagogikasi bir necha bo'limlariga bo'linib, bu bo'limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muhim masalalarini, yani kasb-hunar ta'limi yo'nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. Shuningdek, kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari, kasb-hunar ta'lim va nazariyasi, huquqiy asoslari o'rganiladi. KASB TA'LIMI TYeXNOLOGIYaSI-o'qitish va o'qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholash usuli bo'lib, maqsadga erishishga yo'naltirilgan holda insonlarning o'rganish qobiliyati va ular o'rtasida muloqot to'g'risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta'lim jarayonini yanada samarali tashkillashtiripshing jonli va jonsiz vositalari bilan shug'ullanishga asoslanadi. DIDAKTIKA-grekcha didaskiyen so'zidan olingan bo'lib, o'qitaman, o'qishni o'rgataman manolarini anglatadi. Didaktika bu o'qitish nazariyasidir. Didaktika o'qitish jarayonining shakllari, metodlari, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:11 ]
Arxiv ichida: doc