Kasb ta'limi dual tizimi

Kasb ta'limi dual tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb ta'limi dual tizimi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika psixologiya va o'qitish metodikasi kafedrasi Kasb ta'limi dual tizimi Kasb-hunar ta'limini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog'lash. ta'limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari. Reja: Germaniyada yoshlar ikki turdagi kasb-hunarga tayyorlanadi. Aksariyat yoshlar o'zlari tanlagan kasb-hunar tayyorgarligini qishloq xo'jalik yoki sanoat tashkilotlarida, savdo-sotiq sohalarida, boshqarmalarda, sog'liqni saqlash muassasalarida, advokatura idoralarida, devonxonalarda hamda jamoat xizmati joylarida oladi. Ayni paytda o'qish davomida o'quvchilar kasb-hunar maktablariga qatnab nazariy bilimga ega bo'ladi. Qator ixtisosliklar, masalan sog'liqni saqlash yoki ijtimoiy sohalarda o'qish faqat bitta maktabda olib boriladi (maxsus ta'lim muassasasida yoki maxsus kasb-hunar maktablarida). Bu maktab kasb-hunar o'qitish deb ataladi. Hozirgi paytda yoshlar orasida ofis (idora) xodimi ixtisosligi bo'yicha o'qitiladigan kasb-hunar maktablarida o'qish ishtiyoqi kuchli bo'lib, ularda tanlov asosida amalga oshiriladi. Germaniyada aksariyat yoshlar deyarli tengqurlarning to'rtdan uch qismi ishlab chiqarish kasb ta'limini o'taydilar. Ular o'zlari tanlagan kasb-hunarlarini korxona sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitda dual tizim asosida egallaydilar. Dual ta'lim tizimining afzalliklari: O'qitish jarayoni bevosita amaliyot bilan birgalikda olib boriladi. Unda ta'limning taxminan 40 % ga yaqin nazariy bilim berilsa, 60 % lan ziyodrog'i bevosita ishlab chiqarish korxonalari yoki qishloq xo'jalik bilan bog'liq sohalarida olib boriladi; O'qish jarayonini tashkil qilishda tahsil oluvchilarning kasb malaka olishga bo'lgan talab va ehtiyojlari jadal suratda amalga oshiriladi; O'qish bevosita ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshirilganligi sababli moliyalashtirish mexanizmi engillashadi; O'qish jarayoniga korxonalar jalb qilinganligidan ijtimoiy hamkorlik yo'lga qo'yilganligi sababli kuchli siyosiy aloqadorlik usulini paydo bo'lishiga olib keladi; Xalq xo'jaligining davlat tuzilmasi, shuningdek, nodavlat xususiy tadbirkorlik nuqtai nazaridan ham foydali moliyaviy usul hisoblanadi; Xalq xo'jaligining rivojlanishida zarur bo'lgan o'rta pog'onada malakali kadrlarning bandlik darajasi yuqori bo'ladi. Dual ta'lim usulining kamchiliklari: ta'lim muassasalarida tahsil oluvchilarga kasb-hunar sirlari nisbatan tor ixtisoslik doirasida o'qitilganligi uchun jamiyatda va xo'jaliklarda ishlash uchun keng imkoniyat yaratilmaydi; Birgina yo'nalishda malaka oshirilgani sababli ular yaqin ikkinchi bir yo'nalishga moslashuv mexanizmi cheklangan; Kasb-hunar ta'limini amalga oshirish o'ziga xos berk xarakterga ega; Tor mutaxassislik berilganligi sababli mutaxassis shaxsning tashabbuskorligi va erkinligi chegaralangan bo'ladi; Taklif qilinayotgan o'quv muassasalarini ishlab chiqarish korxonalarining smeta xarajatlariga bog'liqligi uchun ko'p sondagi tinglovchilar malaka oshirishdan foydalana olmaydi. Korxonadagi O'qitish to'g'risida Rejaga ko'ra ta'lim tartibi Korxonalar kasb-hunar birlashlashmalari yoki boshqa orgonlar bilan birgalikdagi bitiruv imtixoni Korgonada imkoni boricha real sharoitid amaliyotni o'zlashtirish Maktabni bitiruvchi imtixoni Kasbga bog'liq nazariy bilimlar va maxsus fanlardagi amaliyot O'quv rejalari Majburiy drslar Kasb-hunar Ikkinchi tomondan maktabda ayni shu tanlagan kasbiga doir fanlar bilan bir qatorda majburiy fanlarni o'quv dasturlar asosida bilim yuntida o'qib nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ladilar. Korxona (zavod) bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga