Kasb ta'limi metоdlari Reja: Ta'lim me'tоdlari haqida tushuncha. Оg'zaki metоdlar. Ko'rgazmali metоdlar. Amaliy metоdlar. Kasb xunar ta'limida yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanish. Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlari (talabaning vazifalari) Talaba mavzuni o'zlashtirgandan so'ng: - ta'lim me'tоdlari haqida tushunchaga ega bo'ladi; - оg'zaki metоdlarni biladi; - ko'rgazmali metоdlarni biladi; - amaliy metоdlarni biladi; - kasb xunar ta'limida yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanishni axamiyatini tushunadi. Mavzuni o'qitishda aqliy hujum, suhbat, klaster metodlaridan foydalaniladi. Tayanch so'z va ibоralar. ta'lim me'tоdlari haqida tushuncha, оg'zaki metоdlar, suxbat, ma'ruza ko'rgazmali metоdlar, amaliy metоdlar, labaratоriya ishi, amaliy ishlar, mashqlar, kasb xunar ta'limida yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanish. ulgurmasligiga sabab bo'ladi. O'qitish tamoyillari bilan bir qatorda o'qitishning asosiy qoidalari ham bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: - tushunarlidan - tushunarsizga; - yaqindan - uzoqqa; - osondan - qiyinga; - aniqdan - mavhumga; - umumiydan - xususiyga. Ta'Iim metodlari deganda o'qituvchi va tahsil oluvchilarning yagona maqsadga erishish borasidagi o'zaro hamkorlikdagi faoliyatlarini tushunmoq kerak. O'qitish jarayoni murakkab va ko'p qirrali bo'lib, nihoyatda xilma-xil va turli xarakterdagi omillarga bog'liq. O'qituvchi o'qitish usullarining bitmas-tuganmas xazinasiga ega. O'qitish usullarini har xil tasniflarini tahlil qilmay, uiarnmg ba'zilariga to'xtalib o'tamiz. 1. O'qitishda talabaning harakatlari tavsifiga ko'ra: a) faol usullar b) sust usullar 2. O'quv ishining turlariga qarab: a) bilimlarni o'zlashtirishning dastlabki usuli b) bilimlarni takomillashtirish usuli c) bilimlarni tekshirib ko'rish va baholash usuli 3. O'quv materiallarini uzatich va idrok etish manbalariga qarab: a) og'zaki usullar b ko'rgazmali usullar c) amaliy usullar O'qitish usullari o'quv jarayonming amalga oshirish, ya'ni o'qitish va o'qish usullari bo'lganligidan, har bir usulga o'qituvchi faoliyati va talabalar faoliyati nuqtayi nazaridan qarash kerak. Shuning uchun ham, ta'lim usullarini o'quv materiallarini uzatich va idrok etish manbalari bo'yicha quyidagicha guruhlaymiz. Og'zaki usullar. Agar talabalar asosiy o'quv axborotini o'qituvchining o'quv mulohazalari va isbotlari j'arayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar, bunday usullar og'zaki usullar jumlasiga kiradi (tushuntirish, hikoya, suhbat va h.k.). Og'zaki usullar qo'llash jarayonida ko'rgazmali qurollardan foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol o'ynaydilar. Bayon darsda ko'rgazmali vositalardan foydalanish yoki foydalanmasligiga bog'liq bo'lmagan holda tuziladi. Masalan, o'qituvchi tikuv mashinasining tuzilishini va ishlash tartibini tushuntirayotganda kinematik sxemadan foydalanish mumkin. Lekin isbot mantiqini kinematik sxema belgilamaydi, balki u tushunchani o'zlashtirishga yordam beradi, xolos. Og'zaki usullardan foydalanishning muvaffaqiyat ko'rsatkichlari -talabalarning yangi bilimlarni eslab qolishlari va takror aytib bera olishlaridir. Og'zaki usullarda talabalar o'qituvchi mulohazalari jarayonini takrorlaydilar, unga taqlid qiladilar. Talaba o'qituvchming tushuntira olish mantiqiga qanchalik yaqinlashsa, materialni shunchalik muvaffaqiyatliroq o'zlashtiradi. Og'zaki usullardan yangi materialni o'rganish paytida foydalaniladi va bu o'rganish fanlarni egallashning boshqa usullari bilan qo'shib olib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.39 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.39 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc