Kasb ta'limi muassasalarini boshqarish Reja: Pedagogik jamoa - о'quv muassasini boshqarishning obyekti Pedagogik faoliyatni boshqarish dasturi Boshqaruv faoliyatini amalga oshirishda marketing 1. Pedagogik jamoa - о'quv muassasini boshqarashning obyekti О'quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish pedagogik jamoa faoliyatini tashkillashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli о'quv muassasini boshqarashning asosiy obyekti pedagogik jamoa hisoblanadi. Ijtimoiy boshqaruvning asosiy mohiyati quyidagi ikki masalani yechishga qaratiladi: pedagoglar faoliyatini yо'naltirish va uni faollashtirish. Birinchi masalani hal qilish boshqaruv subyekti xodimlar faoliyatini talab etiladigan yо'nalishga soluvchi maxsus dasturni ishlab chiqish orqali amalga oshiradi. Ikkinchi masalani hal etish shaxsning hissiy-ijtimoiy talablari (moddiy va manaviy, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash, mehnatni tashkillashtirishning samarali yо'llarini ishlab chiqish)ni rag'batlantirishga qaratilgan qulay sharoitlar yaratish orqali amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyatni faollashtirishda boshqaruv dasturining sifati, ya'ni, uning aniqligi, real sharoitga asoslanganligi, pirovardida yuqori natija berishi, ishlanganlik darajasi ham muhim ahamiyatga ega bо'ladi. +ar bir sohaga oid dasturlar alohida xususiyatlarga ega bо'ladilar, biroq ularning barchasida quyidagi qonuniyat kuzatiladi: bajariladigan ish qay darajada kо'proq ijodiy mehnatni talab qilsa, jamiyat shu darajada insonparvarlashib va demokratlashib boradi, cheklashlar qay darajada kam bо'lsa tashabbuskorlik asosida ishlash darajasi ortib boradi. Pedagogik faoliyatni boshqarish dasturi Ushbu qonuniyat о'qituvchilardan tashabbus, mustaqil qaror chiqara olish hamda о'z vazifasiga ijodiy yondashuvni talab qiluvchi pedagogik faoliyatga ham taaluqlidir. Shu sababli bu sohada bajarilishi qatiy talab etiladigan direktiv dasturlarning kamroq qо'llanilishi maqsadga muvofiq bо'ladi. Misol uchun, bunday dasturlarda ish tartibi, hujjatlarni yuritish va mehnat faoliyatining oxirgi natijasiga aniq talablarni belgilash orqali cheklanish rо'y berishi mumkin. Ta'lim natijasiga nisbatan talab qatiy belgilanadi va u davlat ta'lim standartlarida rasmiylashtiriladi. Pedagogik faoliyatning sifat kо'rsatkichi esa, mos ravishda ta'lim oluvchilar faoliyatining ushbu talablar darajasiga muvofiqligida о'z aksini topadi. Demak, direktiv boshqaruv dasturlaridan voz kechish pedagoglarga cheklanmagan hajmdagi erkinlikning berilishini anglatmaydi. Ushbu yо'nalishda asosiy e'tibor ta'lim jarayoni mazmuni va usullaridan uning yakuniy natijasiga kо'chirilishiga qaratilgan. Bajarilishining majburiyligi nuqtai nazaridan boshqaruv dasturlarini informativ va direktiv turlarga ajratish mumkin. Jumladan, matbuotda nashr etilayotgan turli ilmiy-metodik tavsiyalar informativ dasturlar hisoblanadi va ularning bajarilishi majburiy deb belgilanmaydi. Pedagoglar ulardan faqat о'zlari uchun zarur deb bilgan qismini bajarish huquqiga egalar. Informativ dasturlar talablarining jarishi tо'laligicha pedagogning xohishi, ehtiyoj va istaklaridan kelib chiqib belgilanadi. Direktiv hujjatlarning bajarilishi majburiy bо'lib, u tegishli tartibda nazorat qilinadi. Jamiyatimizning demokratlashib borishi natijasija informativ dasturlarga bо'lgan ehtiyoj ortib borishi kuzatilmoqda. Ta'lim muassasini boshqarish konsepsiyasi kо'plab boshqaruv g'oyalarini о'zida mujassamlashtirgan tashkiliy model sifatida tasavvur qilish mumkin. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshilganda, boshqaruv modelida quyidagi tarkibiy unsurlarni kо'rsatish mumkin: motiv, maqsad, rejalashtirish, joriy axborotlarni tahlil qilish, qabul qilish, harakat, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.36 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.36 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc