Kasb ta'limi o'qituvchisi shaxsiga qo'yiladigan talablar va kasbiy sifatlari

Kasb ta'limi o'qituvchisi shaxsiga qo'yiladigan talablar va kasbiy sifatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb ta'limi o'qituvchisi shaxsiga qo'yiladigan talablar va kasbiy sifatlari - rasmi

Material tavsifi

Kasb ta'limi o'qituvchisi shaxsiga qo'yiladigan talablar va kasbiy sifatlari RYeJA: 1. Kasb ta'limi o'qituvchisi shaxsiga qo'yiladigan talablar. 2. Pedagogik faoliyat samaradorligiga o'qituvchi shaxsiy sifatlarining ta'siri. 3. Pedagog shaxsining sifatlari va klassifikatsiyalari. Pedagogik professional madaniyat o'qituvchi shaxsida ma'naviy-estetik tuyg'uni, did va idrokni tarkib toptirishni rivojlantirishda muhim didaktik ahamiyat kasb etadi. Ana shu tadrijiylikni takomillashtirib borish maanviy boylikni madaniy qiyofa bilan uyg'unlashtirishning hal qiluvchi asosiy sharti bo'lib xizmat qiladi. ta'lim va tarbiya jarayoni har bir o'qituvchidan katta aql zakovat, sabr-matonat, o'qituvchilarga va o'z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo'lishlikni talab etadi. O'qituvchining doimo izlanuvchan, bilmi va tajribasini orttirib boruvchan bo'lishi, o'quvchilarni chuqur tushunishi, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o'sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borish va zarur paytda so'z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam beraolish qobiliyati ta'lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini taminlovchi omillardir. O'qituvchi shaxsiga ko'yiladigan talablar. O'qituvchisi shaxsiga jiddiy talablar qo'yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o'rganilgan bo'lib, o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan eng muhim talab uning yuqori malakali bo'lishidir. Kasb ta'limi o'qituvchisi shunday talablarga javob berishi kerakki, bunday talablar uni yuksak darajada bo'lg'usi mutaxassisni shakllantiradigan shaxs darajasiga ko'tarsin. Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasasi o'qituvchisiga qo'yidagi muhim va doimiy talablar qo'yiladi: - jamiyat rivojalinishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo'nalishlarini to'g'ri baholay olishi; - muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo'lgan bo'lg'usi mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo'lishi; - pedagogik faoliyatni sevishi; - o'z sohasi bo'yicha maxsus bilimlarga ega bo'lishi; - zakovatli bo'lishi; - pedagogik tuyg'u; - yuksak yetuklik; - umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi; - pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo'lishi. Pedagog shaxsiga qo'yiladigan qo'shimcha talablar: kirishib keta olish, san'atkorlik, quvnoqlik, yaxshi did va boshqalar. Yuqorida sanab o'tilganlar pedagog shaxsiga xos bo'lgan tug'ma xislatlar emas, balki ular pedagogning o'z ustida muntazam va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi. Kasb ta'limi o'qituvchisi darsga tayyorlanayotganda har xil metod va usullarni qo'llab yangi materialni qanday bayon qilishni o'ylaydi. U o'quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy rivojlanishi va mehnat unumdorligiga ta'sir qiladigan boshqa omillarni hisobga olgan holda obyektlarni tanlaydi. Kasb ta'limi o'qituvchisi oldida o'quvchilarning o'quv-ishlab chiqarish jamoalarini tashkil qilish, ular orasida ishlab chiqarish munosabatlarini yo'lga qo'yish masalasi paydo bo'ladi. Bundan tashqari, boshqa boshqa o'quv predmetlaridagi kabi kasb ta'limi o'qituvchisida o'quvchilarning mehnat usullarini to'g'ri bajarishini, olingan bilimlarni amalda qo'llashni nazorat qilish va ularning o'quv faoliyati natijalarini baholash funkqiyasini saklab qoladi. Quyidagilar kasb ta'limi o'qituvchisiga xos bo'lishi kerak: 1) Yuqori g'oyaviylik. O'qituvchi o'sib kelayotgan avlodning tarbiyachisidir. U o'quvchilarni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalashi kerak. 2) Yuqori texnik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.38 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.38 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga