Kasb ta'limi tamоyillari Reja: Faоllik tamоyili O'qitishda nazariya bilan va amaliyotni bоg'liqligi. Ko'rgazmalilik tamоyili Ilmiylik tamоyili O'qitishda tizimlilik va izchillilik O'qitishda talabalarning оnglilik va faоlligi O'qitishning tarbiyalоvchi xarakteri Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlari (talabaning vazifalari) Talaba mavzuni o'zlashtirgandan so'ng: Kasb ta'limi tamоyillarini ta'riflay оladi; Kasb ta'limi tamоyillarini ta'lim jarayonidagi axamiyatini tushunadi. Mavzuni o'qitishda aqliy hujum, klaster metodlaridan foydalaniladi. Tayanch so'z va ibоralar Faоllik tamоyili, o'qitishda nazariya bilan va amaliyotni bоg'liqligi, ko'rgazmalilik tamоyili,ilmiylik tamоyili,o'qitishda tizimlilik va izchillilik,o'qitishda talabalarning оnglilik va faоlligi, o'qitishning tarbiyalоvchi xarakteri. O'qitish tamoyillari-o'qitish nazariyasining boshlang'ich qoidalari bo'lib, unga pedagogik jarayonning barcha tashkil etuvchilari amal qilishi kerak. M.N. Skatkin ta'lim tamoyillarini quyidagicha belgilaydi: ilmiylik, har tomonlamalik, hayot bilan aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimli-lik, o'quv fanlari orasidagi o'zaro aloqadorlik, joriylilik . M.G. Ogorodnikov esa o'z tadqiqotlarida ilmiylilik, g'oyaviylik, tarixiyik, tizimlilik, nazariya va amaliyotning birligi, ta'limning hayot bilan aloqasi kabilarni tamoyillar sifatida ajratib ko'rsatgan. S.Ya. Batishev-kasb ta'limi mazmunini ishlab chiqarish va rnehnat jarayoni rivojlanishi bilan uzviy bog'langan holda tasawur etish kerak deb hisoblaydi va ta'limning quyidagi tamoyillarini qayd etgan: ilmiylik, tizimlilik va joriylilik, nazariy ta'lim bilan ishlab chiqarish mehnatining birligi. V.A, Skakun - kasb ta'limi tamoyillarini ilmiylik va g'oyaviylik; ta'lim, tarbiya va rivojlantirishning birligi; ilmiy-texnika taraqqiyotiga ta'limning bog'liqligi, politexnizm: malakali ishchilarni tayyorlash barcha tomonlarining bir-biriga aloqasi; ta'limning tabaqalashtirish deb biladi. A.P. Belyayeva ta'limda xalqchillilik, ilmiylik, politexnikaviylik, tizimlilik, muqobillik, politexnik va kasbiy ta'limning birligi hamda o'zaro aloqasi; fanlararo va majmuaviy o'zaro aloqadorlik, kasbiy safarbarlik, ta'limning moslashuvchanligi va turg'unligi, mujassam-langan hamda tabaqalashganligini asosiy tamoyil sifatida talqin etadi. O'qitish tamoyillarining majmuasi mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: - faollik tamoyili; - o'qitishda nazariya bilan amaliyotning bog'liqligi tamoyili; - ko'rsatmalilik tamoyili; - o'qitishning tarbiyalovchi xarakteri tamoyili; - ilmiylik tamoyili; - o'qitishda sistemalilik va izchillik tamoyili; - o'qitishning tushunarli bo'lishi tamoyili; - namunalardan foydalanish tamoyili; - talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili; - bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishning puxta bo'lishi tamoyili; - didaktik reduksiya tamoyili. 1-rasm. O'qitish tamoyillari Faollik tamoyili - talaba o'zi harakat qilgan paytda yaxshi o'rganadi va o'zlashtiradi. Shuning uchun o'quv jarayoni shunday tashkil qilinishi kerakki, talaba ilm olishga ongli munosabatda bo'lsin. Talabalar har bir darsga faol qatnashishi kerak. Chunki talaba qandaydir ish bajarishda u ishni ongli ravishda o'zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o'rnashib qoladi. Natijada talabalar darslarni yaxshiroq va chuqurroq o'zlashtirgani uchun mukammal bilimga ega bo'lish bilan birga, ularning bu sohada qiziqishi ortadi. Mustaqillik va individual ravishda o'rganish kabilarga faqat shu tarzda erishish mumkin, xolos. Buning uchun, o'qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.75 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.75 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc