Kasb ta'limida ma'ruza mashg'ulotlarini tashkillashtirish metodikasi

Kasb ta'limida ma'ruza mashg'ulotlarini tashkillashtirish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb ta'limida ma'ruza mashg'ulotlarini tashkillashtirish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

1. Kasb ta'limida ma'ruza shaklida ta'lim berishning o'ziga xos xususiyatlari. 2. Ma'ruzaning samaradorlik shartlari. 3. Ma'ruza shakllarining xususiyatlari. 4. Ma'ruzalarda o'qitish metodikasini ishlab chiqish yo'llari. 5. Kirish ma'ruzasida o'qitish metodikasini ishlab chiqish yo'llari. 6. Mavzuviy ma'ruzalarda o'qitish metodikasini ishlab chiqish yo'llari. Kasb ta'limida ma'ruza mashg'ulotlarini tashkillashtirish metodikasi MA'RUZA, HIKOYa, TUShUNTIRISh. Ular o'quvchilarning bilimini o'zlashtirish, eslab qolish va tushunishga qaratilgan retseptiv faoliyatini ta'minlab beradi va o'qituvchi tomonidan tayyor holda bayon etiladi ma'ruza Bu usulning asosiy vazifasi - ta'lim berish, o'rgatish. Belgilari: qatiy tuzilmaga ega; nutqiy - mantiqiy bayon qilish, berilayotgan axborotning ko'pligi. ma'ruzalar, bizga, o'quvchilar tajribasizlik tufayli etibor bermaydigan fanning muhim lahzalarini ajratib ko'rsatish imkonini beradi. O'quvchilar bilan bizning birgalikdagi ushbu faoliyatimizni tashkil etish usulining samaradorlik shartlari quyidagilardan iborat: - ma'ruzaning batafsil rejasini tuzish; - ma'ruza rejasini eshittirish; - rejaning har bir punktini yoritishdan so'ng qisqacha umumiy xulosa qilish; - ma'ruzaning bir qismidan boshqa qismiga (bo'limiga) o'tishda mantiqiy bog'liqlikni ta'minlash; - muammoli (problemali) bayon qilish; - yozib olish zarur bo'lgan joylarni ajratish (yozdirish); - ma'ruzalarni uning alohida holatlarini batafsil tahlil qilish imkonini beruvchi seminar mashg'ulotlari va amaliy mashg'ulotlar bilan qo'shib olib borish. ma'ruzani an'anaviy ravishda bir tomonlama aloqa ko'rinishda olib borish ham mumkin, yani siz hikoya qilasiz, o'quvchilar esa sizni sustlik bilan tinglaydilar. Agar ma'ruza o'tkazishning faol uslublarini qo'llasak, ta'lim maqsadiga erishishning faol usulini ham tadbiq qilish mumkin: - muammoli ma'ruzalar; - ma'ruza - konferensiyalar; -konspektsiz ma'ruzalar - fikrni so'z bilan ifodalash; - mualliflik ma'ruzalari; - ma'ruza -munozaralar; - qaytar aloqa texnikasi qo'llangan ma'ruzalar; -aniq vaziyatni tahlil qilish ma'ruzalari. Odatdagi usulni qo'llashga yangicha yondashishning mohiyati - ma'ruza shundan iboratki, bunda «materialni o'qish» vazifasidan, «materialni o'qishni o'rgatish» vazifasiga o'tish, «ma'lumotni xabar qilish» maqsadidan, «o'qitilayotgan kursda bilim olish faoliyatining usullari, tizimli yo'naltirish usullari bilan qurollantirish» maqsadiga o'tish lozim. Shuning uchun ma'ruza qila turib, siz unga o'quvchilarning ishtirok etish elementlarini kiritishingiz mumkin, agar: - savol berib, tinglovchilarning javoblaridan foydalansangiz; - vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat etsangiz; - aniq vaziyatlarni tahlil qilsangiz; - kundalik hayotdan misollar keltirsangiz; - ularni savol berishga undasangiz; - ilgari o'rganilgan fakt va vaziyatlarni yangilari bilan taqqoslashni amalga oshirsangiz; - materialni qiziqarli qilib jonli bayon qilsangiz. Pedagogik texnikadan foydalaning: - nutq ohangini o'zgartiring (auditoriya bo'ylab harakatda bo'ling), kafedra orqasida hamma vaqt turmang, kerak bo'lganda imo-ishoradan foydalaning; - sizning berilib, qiziqib ma'ruza qilishingiz, uni qiziqroq va faolroq qiladi. Agar siz, o'z faningizni o'ta qiziqarli deb hisoblashingizni, o'quvchilar nimani va qanday o'zlashtirishi sizni befarq qoldirmasligini ko'rsata olsangiz, sizning ishga sodiqligingiz albatta ularni ruhlantiradi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 159.56 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 159.56 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga