Kasb ta'limida seminar mashg'ulotlarini tashkillashtirish metodikasi

Kasb ta'limida seminar mashg'ulotlarini tashkillashtirish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb ta'limida seminar mashg'ulotlarini tashkillashtirish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

1.Kasb ta'limida seminar shaklida ta'lim berishning o'ziga xos xususiyatlari. 2. Seminarning samaradorlik shartlari. 3. Seminar mashg'ulotining xususiyatlari. 4.Seminarni pedagogik boshqarish, uning samaradorligini baholash. 5.Seminar mashg'ulotlarining turlari. 6.Seminar mashg'ulotlarining turlari bo'yicha o'qitish metodikasini ishlab chiqish yo'llari. Kasb ta'limida seminar mashg'ulotlarini tashkillashtirish metodikasi O'quv jarayoni shakllariga ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya mashg'ulotlari, o'quv anjumanlari, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya, o'quv va ishlab chiqarish hamda pedagogik amaliyotlar, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaqil tahsili kiradi. O'qitish tizimiga ma'ruza bilan birgalikda amaliy (mashq, seminar va laboratoriya) mashg'ulot turlari ham kiradiki, ular ta'limiy, tarbiyaviy hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lash funksiyalarini bajaradi. Amaliy mashg'ulot termini pedagogikaga oid adabiyotlarda ham keng, ham tor manoda izohlanadi. Amaldiy mashg'ulot termini keng manoda mashq, seminar (ularning barcha turlari) va laboratoriya mashg'ulotlarini umumlashtiradi. Amaliy mashg'ulotlarning ma'ruzadan farqlanadigan asosiy me'yorlaridan biri o'quv jarayoni qatnashchilarining birgalikdagi harakatlarida o'ziga xos xarakter bilan namoyon bo'lishidir. Ular vazifalariga ko'ra ham farqlanadi. Agar ma'ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo'lsa amaliy mashg'ulotlarda esa bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg'ulotlar talabalar bilimini sinash uchun ham xizmat qiladi. Amaliy mashg'ulot shakllaridan biri seminardir. Seminar mashg'ulotlari quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan bo'ladi: ma'ruzada bayon qilingan nazariy qoidalarni mustahkamlash; fan bo'yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish; talabalarning ilmiy-tadqiqot va bilish qobiliyatlarini o'stirish; Nazariy o'qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotda tan olinishi. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida seminar mashg'ulotlarining uch turi farqlanadi: Seminaroldi mashg'uloti; Seminar; Maxsus seminar. Seminaroldi mashg'ulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida o'tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma'lumotnoma- adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari o'rgatiladi, talabalarni boshlang'ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga o'tishga hozirlaydi. Seminaroldi mashg'ulotlari seminar mashg'ulotlarining tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda o'tkaziladi. Seminaroldi mashg'ulotlarida o'qituvchi yetakchilik qiladi. Chunki talabalar muayyan ixtisoslik bo'yicha o'quv ishlariga kam etibor beradilar, shuning uchun ham etarli darajada tashabbus ko'rsata olmaydilar. Seminar mashg'ulotlarida seminaroldi mashg'ulotlariga nisbatan o'ta muhim vazifalar hal qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik boglangan muayyan muntazam kursni chuqur o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. Boshqalari esa biror mavzuni yoki kursning alohida va nihoyatda muhim va umumiy bo'lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga bagishlangan bo'ladi. Maxsus seminarlar ma'ruza mavzulariga aloqador bo'lmaydi va biror fanning dastur mazmuniga kirmaydi. U odatda fanning xususiy masalalarini chuqur o'rganish maqsadini ko'zlaydi. Seminar mashg'ulotlari davomida o'qituvchi va talaba o'rtasida yaqin aloqa, yani ular o'rtasida ikki tomonlama aloqa o'rnatiladi. Bu esa tarbiyaviy ahamiyatga molik bo'lib, unda o'qituvchi talabalar bilan uzoq vaqt yaqin aloqada bo'ladi, ma'ruza guruhlariga nisbatan talabalarning kichik guruhlarida jonli suhbat olib boradi, o'zaro fikr almashadi, turlicha qarashlarini bayon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 94.47 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:12 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 94.47 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga