Kasb ta'limining amaliy o'qitish metodlari Reja: Mustaqil o'quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish Kasb ta'limida muammoli ta'lim metodlari Amaliy metod deganda, o'quv materialini mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o'zlashtirishning shakllari tushuniladi. Ishlab chiqarish ta'limida bu metodga ish usullari, mehnat operatsiyalari, kompleks ishlar va vazifalari bajarishda mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar, trenajyorga oid mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlariga esa texnologik jarayonni boshqarish mashqlari kiradi. Mashqlar metodi - ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan harakatlarni ko'p marta takrorlashdir. Ishlab chiqarish ta'limidagi mashqlarga, asosan, quyidagi talablar qo'yiladi: mashqlarni o'quvchilar ongli va maqsadga muvofiq yo'sinda bajarishlari; mashqlar metodikaga asoslanishi, tizimli, izchil, uzluksiz bo'lishi va takrorlanishi; o'quvchilarning ishdagi mustaqilligi muntazam rivojlanib borishi kerak. Mashqlarni o'rganilayotgan barcha mehnat jarayonlari yuzasidan emas, balki o'quvchilaming o'zlashlirishi uchun ancha qiyin bo'lgan jarayonlarga nisbatangina tatbiq qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday jarayonlarga arralash, qirqish, randalash, egovlash, parchinlash, kesish, dastakli asboblar bilan parmalash, rezba qirqish hamda tnetaga ishlov berish vaqtidagi ishlar, avtomobil, traktor va boshqa qishloq xo'jalik texnikasini boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Mashqlar jarayonida mehnat va hunar usullarini bajarishning sifatli bo'lishida, o'quvchilar faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga e'tibor berish kerak. Mehnat, kasb usullari jarayonlarini o'zlashtirish maqsadida mashqlami bajarish sohasida o'z-o'zini nazorat qilish uchun qaytish aloqasi tizimiga ta'sir qiladigan uncha murakkab bo'lmagan xilma-xil moslamalardan: to'g'rilagich, andozalar, asboblar, ularga montaj qilingan datchiklardan, asboblar va harakatlarni muvofiqlashtirishga doir moslamalardan, avtomobil, traktorni boshqarish va haydash qoidalarini o'rganishda o'guv maydonidan foydalanish katta rol o'ynaydi, Mashqlar jarayonida yuqorida sanab olingan texnik vositalarni qo'llash talabalarga mehnat harakatlarmi bajarishdagi ko'pgina xatolardan xalos bo'lishga imkon beradi, Kasb usullarini bajarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish va ish sifatini oshirishga yordam beradi. Lekin bu vositalardan uzoq vaqt foydalanish foyda o'rniga zarar yetkazishi mumkin. Ular mehnat va kasb usullarini egallash vaqtida o'ziga xos mo'ljal rolini o'ynaydi, shuning uchun ham ulardan mehnat va kasb ta'limining dastlabki bosqichlaridagina foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mehnat va kasb usullariga old mashqlarni bajarish vaqtida quyidagi talablaiga rioya qilish lozim: |O'quv-moddiy sharoitlar уаrаtish bo'lishi (yaxshi ishlaydigan asbob-uskunalar, moslamalar va trenajyorkaniing mavjud bo'lishi). Mehnat va kasb usullarining yorqin va qulay ko'rsatilishini hamda talabalarning bu usullarini to'g'ri va to'liq o'zlashtirishini ta'mirlash. Bevosita kuzatish va nazorat qiladigan qimlmalardan foydalanish yo'li bilan mehnat harafcatlarini mustaqil nazorat qilish vazifasini amalga oshirish uchun yo'1-yo'riqlar berish. O'quvchilaraing mehnat va kasb usullarida yo'l qo'yadigaa kamchiliklarga tezda barham berish yo'llari o'ylangan bo'lishi kerak. Ish jarayonida trenirovkali, ishlab chiqarish, ishchi va maxsus mashqlami tashkil qilish mumkin. Ya'ni: - trenirovka (o'rganish) mashqlarini odatda. Talabalarda murakkab bo'lmagan oddiy ishchi harakatlarni bajarish bosqichida qo'llaniladi. Bu mashqlardan so'ng ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.55 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.55 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: docx