Kasbga bo'lgan muhabbat axloq va burchlarning axloqiy tushunchalari

Kasbga bo'lgan muhabbat axloq va burchlarning axloqiy tushunchalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasbga bo'lgan muhabbat axloq va burchlarning axloqiy tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Kasbga bo'lgan muhabbat axloq va burchlarning axloqiy tushunchalari Hozirgi zamonaviy maktablarga qo'yilayotgan asosiy talablardan biri yosh avlodlarga nafaqat ta'lim-tarbiya berish unga qo'shimcha ravishda ularni to'g'ri kasb tanlashga yo'naltirish ham muhim hisoblanadi. Maktablarda o'quvchi yoshlarning hayotda o'z kasblarini egallashida matematika, ona tili, geografiya, tarix kabi fanlar bilan bir qatorda texnologiya fani muhim hisoblanadi. Hosh shu o'rinda bir savol tug'uladi, texnologiya fani o'zi qanday fan va uning yoshlarni kasb tanlashlarida qanday o'rni bor? Har bir inson uchun keajak uchun kasb yoki hunar tanlash hayoti davomida qiishi kerak bo'lgan eng muhim qarorlardan biri hisoblanadi. Chunki o'quvchilarni tanlangan kasblari ularning kelajagi bilan bog'liq hamda yashash tarziga ham ta'sir qiladi. Inson o'zi tanlagan kasb yoki hunaridan zavq olsagina, qilgan ishidan ko'ngli to'ladi, kasb-koriga mehr uyg'onadi va o'z kasbining chin manoda ustasiga aylanadi. Barchamizga ma'lumki, asosan bolalarda kasbga bo'lgan muhabbat va qiziqish maktab davrlarida uyg'onadi. Barcha o'quvchilar ularga otaonasi yoki ustozlari tomonidan berilayotgan maslahat va o'gitlardan kelib chiqib o'ziga kasb yoki hunar tanlaydilar. Ba'zi o'quvchi yoshlar fizika, matematika, kimyo, biologiya kabi aniq va tabiiy fanlariga qiziqsa, boshqalari ona tili, adabiyot, tarix, yoki huquq faniga qiziqadi Masalan, matematika faniga qiziqqanlar kelajakda bankir yoki matematika o'qituvchisi bo'lishi mumkin. Huquq faniga qiziqadigan o'quvchilar huquqshunos, advokat, prokuror, sudya bo'lishi mumkin. Fizika faniga qiziqadigan o'quvchilar muhandis, chet tillarga qiziqadigan o'quvchilar tarjimon, elchi, gid bo'lib ishlashi mumkin. Ilgari davrlarda mehnat darsiga 2-3-darajali fan sifatida qaralardi va ko'pchilik ota-onalarning nazarida bu fan farzandiga naf keltirmaydigandek tuyulardi va ularning nazarida bu fan farzandiga qog'oz va qalam yordamida gul yasashni o'rgatishdan iborat degan noto'g'ri qarashar mavjud edi. Endilikda bu fan Texnologiya deb nomlanib, darslar oliy malakali o'qituvchilar tomonidan o'tiladigan bo'ldi. Bu fan asosan boshlang'ich sinfni bitirgandan so'ng 5-sinfdan boshlab 9-sinfgacha, o'g'il bola va qiz bolalarga ajratigan holda o'qitiladi va asosan hayotda har bir kishi uchun zarur bo'ladigan hunarlar haqida o'quvchilarni tanishtiradi. Misol uchun o'g'il bolalarga duradgorlik, yog'ochdan biror bir buyum yasash bo'sa, qizlar uchun kashtachilik, pazandachilik kabi uy ro'zg'orda kerak bo'ladigan mashg'ulotlar haqida ko'nikmalar beriladi va shu bilan birgalikda o'quvchilar dars jarayonida olgan ko'nikmalarini ishlab chiqarish amaliyotida ham qo'llab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar, ya'ni bir so'z bilan aytganda berilgan nazariy bilimlar amaliy darslar bilan mustahkamlanadi Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida texnologiya o'quv fanini o'qitishning asosiy vazifalari: - materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma'lumotlarni o'rganish; texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo'llay olish; texnik va kreaktiv fikrlashni, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.54 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.54 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga