Kasbga yo'llashning tarixiy taraqqiyoti

Kasbga yo'llashning tarixiy taraqqiyoti

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasbga yo'llashning tarixiy taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Kasbga yo'llashning tarixiy taraqqiyoti mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini, ta'limini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yo'naltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan ishlardan biri bo'lib, juda o'tmish taraqqiyotiga egadir. xalqimizning millat, xalq, elat bo'lib shakllanishini mehnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bulmaydi. Odamzod paydo bo'lishidan boshlab mehnat bilan shugullangan, turmush buyumlari yasagan yumushlar bajargan. Dastlab fakat kun kechirish uchun qilingan mehnat keyinchalik, kattarok maqsadni, boylik orttirish uchun amalga oshirilib xatto, X asrlarda yirik harbiy kushinlarni, millionlab xalqlarni buyumlar, anjomlar bilan ta'minlay oladigan ishlab chiqarish sohalari darajasigacha taraqqiy etdi. XII-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda hunar ilmi, kulami rivojlanishi eng yuqori pogonaga kutarildi. Xar bir xalq ota-bobosidan meros bo'lib, avloddan-avlodga utib kelayotgan uzining tarixiy-madaniy birligi bilan ajralib, o'ziga xos xususiyatlarni saklab kelgan. O'zbeklar xam shular jumlasidandir. Respublikamiz hududida o'tkazilgan arxeologik tadqiqotlar shuni kursatadiki, hunarmandchilik bu erlarda ikki ming yillar oldin rivojlangan. Bu davrda sinfiy jamiyat paydo bo'lib, yirik mehnat taqsimoti negizida hunarmandchilik mustaqil soha bo'lib ajralib chikkan. IX-XII asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, xalqimizning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarga asoslanib shuni aytishimiz mumkin, 32 xil hunar turi mavjud bo'lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. 1897 yili birinchi aholi ruyxati vaqtida katta shaharlarda aholining kupchilik kismi hunarmandlar hisoblangan. Masalan, Namangan aholisining 64 foizi, Chustning 54 foizi, Margilonning 50 foizi, mustaqil kasb-hunar egasi hisoblangan. hunarmandchilikning kadimiy davrlarda eng ko'p tarkalgan turi temirchilik, zargarlik, misgarlik va tunikasozlik bo'lgan. hozirgacha keng tarkalgan kadimiy kasblardan biri yog'och buyumlari yasash hunarmandchiligidir. XX asr boshlarida tikuv mashinalarini paydo bo'lishi bilan yangi hunarmandchilik kasbi-mashinasosozlik yuzaga keldi. O'zbeklarning eng keng tarkalgan uy kasblaridan biri duppi-duzlikdir. Bulardan tashqari, hunarmandlar teridan har xil buyumlar yasaganlar, poyafzalchilar o'z mahsulotlarini shahar va qishloqlarda yurib aholiga sotganlar. Nonvoylar, kandolatchilar va kassoblik xam xurmatli kasblardan biri bo'lib ularning dukonlari xar kadamda uchragan. Katta tuy-marakalar o'tkazish odati maxsus oshpazlik kasbini yuzaga keltirgan. sharqning buyuk mutafakkirlari, allomalari deyarli barcha davrlarida o'z asarlarida, sher va gazallarida, adabiy meroslarida halol mehnatni, kasb-hunar egallashni muqaddasligini va zarurligini takidlab, uluglab utganlar. Ulug bobokolonimiz A.Navoiy o'z gazallarida yoshlarni ilm-hunar egallashga chakiradi. Ilm kasbini kildi to joni bor, hunar urgandi onga ki imkoni bor. X asrda yashab ijod etgan, ulug bobokolonimiz Abunosir Al-Farobiy xam kishilarni halol mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga chakiradi. Farobiyning fikricha, inson-ojiz banda, xech narsaga kodir bo'lmagan mavjudotemas, balki u eng oliy kamolot bo'lib, aql-idrok ziyosiga ega, o'zi uchun zarar bo'lgan xamma narsani yaratishga kodir borliqdir. Farobiy mehnat va kasb-hunar ko'nikmalarini va axloqiy fazilatlarni hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.91 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.91 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga