Kasbga yo'naltirish ishlariga qo'yiladigan talablar Kasbga yo'naltirishga yoshlarning kasbni erkin va mustaqil tanlashning ilmiy-amaliy tizimi sifatida qarash lozim. U xar bir shaxsning xam individual xususiyatlarini xam xalq xo'jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan mehnat resurslarini tulakonli ta'minlash zaruratini hisobga olish kerak. Vazirlar Maxkamasining Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari va ularning faoliyatini boshqarish to'g'risidagi 1998 yil 14 may №204 karorining kabul qilinishi yoshlarning majburiy ixtiyoriy ta'limini puxta uzlashtirishlarida va uni ishlab chiqarish amaliyoti bilan yanada mustahkamlashlarida muhim ahamiyatga egadir. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni kasbga yo'naltirishining ilmiy-pedogogik asoslarini ishlab chiqish lozim. Buning uchun kuydagi kamchiliklar bartaraf etilmogi lozim. hozirgi kun talablari asosida ixtisosliklar klassifikatorining yukligi; Tanlash mezon va me'yorlarining ishlab chikilmaganligi; Kasb tanlash xarakteri bo'yicha axborotning talab darajasida emasligi; Tanlash natijalari bo'yicha tezkor aloqaning urgatilmaganligi. Kasb tanlash uchun o'quvchi o'z imkoniyatlarini baholay olish ko'nikmasiga, yani aqli, kizikish har xil kasblar bo'yicha bilimli, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axborotiga ega bo'lishi kerak. Shaxsda kasbni yo'naltirishni maxsus ilmiy amaliy faoliyat orqali amalga oshiriladi, o'quvchilarning inson sifatida shakllanish bosqichlarida shaxs va jamiyat yagona bir tizim sifatida karaladi, o'tish davrida bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablari inobatga olinadi. Kasbga yo'naltirishni shakllantirish vositalari: Kasbiy axborot va ta'lim tarbiya; o'quvchi kizikishlarini urganib borish va mahorat bilan o'stirish; Kasbiy maslahat; Kasb tanlovi; Kasbga tanlab olish; Kasbiy moslashish; ko'rsatilgan vositalar kasbga yo'naltirish mazmunining asosini tashkil etadi. o'quvchilarnikasb tanlashga tayyorligini kursatuvchi mezonlar: Kognitiv (axborotga ega ekanligi); Kasbga kizikish mezoni; Amaliy mezon. Kasb tanlash (yo'naltirish) bo'yicha alohida Davlat ta'lim standarti bo'lishi va u kuydagilarni o'z ichiga olishi lozim: o'quvchilarni kasb tanlashga yo'naltirishga tayyorlashni yosh bosqichlari mazmuni: a) kichik yoshdagi; b) o'rta yoshdagi; v) katta yoshdagi o'quvchilar. Yosh bosqichlari bo'yicha boshlang'ich (I-IV sinflar), o'rta yoshdagi (V-VII), katta yoshdagi (VII-IX) o'quvchilarni kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, kursatgich va o'lchovlari. Maktab o'quvchilarining kasbga yo'naltirish bosqichlarini kursatuvchi tibbiy-fiziologik me'yorlar. Turli yosh bosqichlarida o'quvchilarni kasbga yo'naltirishga tayyorligini darajasi o'lchovlari. o'quvchilarni kasbga yo'naltirishni yosh bosqichlari boshlang'ich sinf o'quvchilaridan kuydagi mazmunga ega bo'ladi: boshlang'ich sinf o'quvchilarini kasbga yo'naltirishdan asosiy maqsad ularni mehnat, kasb turlari, yo'nalishlari bilan tanishtirib borish va kasb faoliyatiga kizikishni shakllantirishdan iborat. Bunga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: o'z-o'zini baholay bilish malakalariga o'rgatish; Intelektual va hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish; Realistik jihatdan o'z-o'zini baholashni rivojlantirish. Bu yoshdagi bolalarda ahamiyatga ega bo'lgan, yani kasbga yo'naltirishda quyidagi kognitiv yo'nalish ko'rsatkichlarini shakllantirish kerak: har xil faoliyatda ish joyini tayyorlash qoidalarini bilish (darsga nima kerak, bir martalik topshiriqni, uy vasifasini bajarish uchun); mehnat vositalari va predmetlarini ish o'rnida joylashtirish; o'quv yozuv qurollarini qo'llanilishi va ulardan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.69 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.69 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc