Kasb-hunar kollejlari o'quv xonalari, labaratoriyalari hamda o'quv ustaxonalariga qo'yiladigan talablar va ularni jihozlash Reja: 1. Kasb-hunar kollejlari o'quv xonalari, labalatoriyalari hamda o'quv ustaxonalarini tashkil qilish bo'yicha umumiy nizomlar. 2. Kasb-hunar ta'limi o'quv ustaxonalaridagi ta'lim va tarbiyanina vazifalari hamda ularning jihozlanishiga qo'yiladigan talablar. 3. Kasb-hunar ta'limi o'quv ustaxonalarida mashg'ulotlarni tashkil etish va ularni o'tkazishga qo'yiladigan talablar va ularni jihozlash. Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlari (talabaning vazifalari) Talaba mavzuni o'zlashtirgandan so'ng: Kasb-hunar kollejlarida o'quv ustaxonalari o'quvchilarga aniq bir ixtisoslik asosida sifatli kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ularning shu kasb bo'yicha mahoratlarini oshirish maqsadida tuziladi. Mehnat usullari, harakatlari, ish bajarish qobiliyati, o'z mutaxassisligi bo'yicha malakali kadr bo'lib yetishishga qadar, ya'ni oddiy operatsiyalarni bajarishdan boshlab kasbga doir murakkab-jarayonlarni bajara oladigan mutaxassislar tayyorlanadi. O'quv amaliyoti kasb-hunar kollej o'quv ustaxonalarida turli kasblar uchun turlicha bo'lishi, o'qishning davomiyligi, mehnatning turli mutaxassisliklar bo'yicha mazmuni va ishlab chiqarish ishlarining xarakteriga bog'liqdir. Mutaxassisligi bo'yicha mehnat mazmunining xususiyatidan qat'iy nazar o'quv ustaxonasida amaliy kasbiy ta'lim to'g'ridan-to'g'ri mahsulot ishlab chiqarish jarayonida o'tkaziladi. Shuning uchun o'quv ustaxonalari DTS asosida o'quv va ishlab chiqarish talablariga moslanishi zarur. O'quvchilarning ish o'rinlarini rejalashtirish, qurish va jihozlash, o'quv ustaxonalari faoliyatini tashkil etish xususiyatlari turli mutaxassisliklar uchun turlichadir. Biroq, turli mehnat xarakteridagi o'quv ustaxonalari uchun umumiy talablarni ajratib ko'rsatish mumkin. O'quv ustaxonalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: - jihozlar talab darajasida ishlashi uchun bir me'yorda o'rnatish shartlariga rioya qilib, belgilangan talablar asosida o'rnatilgan bo'lishi lozim (maydon, qavatlar, binoning balandligi, texnologik jarayon hisobga olingan holda rejalashtirish); - mehnat xavfsizligi talablari, sanitariya va gigiyena qoidalari (yong'in va portlash xavfi bor bo'limlarni, chang va gaz chiqadigan bo'limlarni ajratish, ko'tarma transport tizimlarining mavjudligi, yong'in holatida chiqish yo'llari, o't o'chirish vositalari, yorug'lik bilan yetarli ta'minlash, shamollatish qurilmalarining mavjudligi, ish sharoitiga mos ob-havo va hokazo)ga amal qilish; - ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish; - jihozlangan o'quv ustaxonasini shartli ravishda uch qismga bo'lish mumkin: o'quvchilarning ish joylari; hamma foydalanadigan joy - asbob- uskuna, anjomlar, xomashyo saqlanadigan xona; amaliy kasbiy ta'lim o'qituvchisining o'rni. O'quvchining ish joyi o'quv dasturi talablariga o'quv ishlab chiqarish ta'limi uchun zarur asbob-uskunalar, nazorat o'lchov asboblari va moslamalar bilan jihozlanadi. Bajarilayotgan ishning xarakteriga, o'quv ishlab chiqarish mehnatini tashkil qilinishiga qarab o'quvchilarning ish joylari yakka-yakka yoki brigada bo'yicha bo'lishi mumkin. O'quvchilar ish jojlariga qo'yiladigan umumiy talablardan quyidagilarni: - asbob-uskunalarning texnik sozligi, to'siqlar, tokning yerga ulanishi, elektrni o'z-o'zidan o'chirilishi, himoya qurilmalari, ko'tarish qurilmalari va mehnat xavfsizligini ta'minlaydigan vositalar mavjudligi; - ish davrida asbob-uskunalar, moslamalar, asosiy va yordamchi materiallar, tayyor mahsulotlar, o'quv va texnika hujjatlarini ishonchli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc