Kasb-hunar kollejlari o'quvchilar shaxsini shakllantirishda diqqatni boshqarishning psixologik mexanizmlari

Kasb-hunar kollejlari o'quvchilar shaxsini shakllantirishda diqqatni boshqarishning psixologik mexanizmlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb-hunar kollejlari o'quvchilar shaxsini shakllantirishda diqqatni boshqarishning psixologik mexanizmlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI O'LIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI Fayzullayev Shaxzod 5310200 Psixologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Kasb-hunar kollejlari o'quvchilar shaxsini shakllantirishda diqqatni boshqarishning psixologik mexanizmlari mavzusida yozgan Ilmiy rahbar : dots. L.Beknazarova Himoyaga tavsiya etildi Pedagogika fakul'teti dekani dots.SH.Nurullayeva 2018yil KIRISH 1-BOB. SHAXS SHAKLLANISHIGA XOS DIQQAT MUAMMOSINING O'RGANILISHI 1.1. Diqqat va uning shaxsni shakllantirishga xos psixologik tavsifi 1.2. Diqqat turlari va xususiyatlarining ta'lim faoliyatidagi ahamiyati 1.3. Kasb-hunar kolleji o'quvchilar shaxsini shakllanishida diqqatining o'ziga xos jihatlari 2-BOB. KOLLEJ O'QUVCHILARI DIQQATI DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYASI 2.1. Kasb-hunar kolleji o'quvchilarida diqqat xususiyatlarini o'rganishning psixologik usullari va diagnostikasi 2.2. O'quvchilar diqqatini korreksiyalash vositalari 2.3. Kollej o'quvchilari diqqati xususiyatlarini shakllantirish treningi Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Ilova KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy psixologiyada ontogenetik rivojlanishning turli bosqichlarida o'zida jins va yosh xususiyatlarini namoyon etuvchi turli xatti-harakatlar bir qator genetik, ijtimoiy va shaxsiy omillarning o'zaro uyg'unlashuvida ro'y beradi. Turli ko'rinishdagi katta ta'sir kuchiga ega bo'lgan subyektning xulq-atvor mexanizmida o'ziga xos individual-psixologik, individual-dinamik xususiyatlar, uning dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, kauzal, kazusli vaziyatga tushgunga qadar yashagan ijtimoiy-psixologik muhit bilan belgilanib, shaxs rivojlanishi va shakllanishida katta ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir - deb ta'kidlaganlar. XX asrning so'nggi yillarda o'quvchilarda diqqat yetishmovchiligi sindromi va giperaktivlik hamda uning oqibatida yuzaga keladigan yuqori darajadagi ijtimoiy dezadaptatsiya holatlari yuzasidan ota-onalarning psixolog, psixiatr hamda nevropatologlarga murojaatlari soni tobora ortib borayotganligi haqidagi ma'lumotlar ayrim tadqiqotlarda qayd etilmoqda Psixologiya fanida e'tirof etilishicha, diqqat - bu psixik faoliyatning biror bir predmet, vaziyat yoki ijtimoiy munosabatga yo'naltirilganligidir. Hech bir psixik jarayonning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi diqqatning muayyan obyekt yoki subyektda to'planishi (konsentratsiyasi) barqarorlashuvi sifatlarisiz amalga oshmaydi. Ta'lim olishda diqqatning rolini ta'kidlarkan, rus olimi K.D.Ushinskiy, «diqqat aynan shunday bir eshikki, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi», - deb yozgan edi. Demak, diqqat deb, kishi ongning o'rganilayotgan yoki shug'ullanayotgan obyektiga yo'naltirilganligiga aytiladi. Yo'naltirilganlik shaxsning ehtiyojlariga, qiziqishlariga, faoliyat maqsadlariga bog'liq holda namoyon bo'ladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga munosabat tubdan o'zgardi. Ta'lim faoliyatiga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o'quv faoliyatini boshqarish muammosi har doimgidan ham aktuallashdi. Kasb-hunar kollejlari o'quvchilari diqqatini boshqarishning psixologik mexanizmlarini tadqiq etish orqali o'quvchilarning ta'lim faoliyati samaradorligini yuqori darajaga ko'tarish mumkin. Shu tufayli ushbu muammoni o'rganish ta'lim-tarbiya samaradorligiga alohida ahamiyat qaratilayotgan hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Bitiruv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.19 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.19 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga