Kasb-hunar kollejlarida o'qitish jarayoni. O'qitishning tashkiliy shakllari

Kasb-hunar kollejlarida o'qitish jarayoni. O'qitishning tashkiliy shakllari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasb-hunar kollejlarida o'qitish jarayoni. O'qitishning tashkiliy shakllari - rasmi

Material tavsifi

Reja: O'qitish, o'qish, o'quv jarayonini ziddiyatlari Ixtisoslik fanlari va mavzuning metodikasini ishlab chiqish Fan mazmuniga mos holda o'qitishning shakli, metodik tanlash O'qitish ishlarini tashkil etish va muammoli vaziyatlarni ishlab chiqish O'quv ishlari va uni tashkil etish shakllari. Darslarni klassifikasiyalash YAngi materialni bayon etish darslari Takrorlash-umumlashtirish darslari. Aralash darslar O'qitishning tashkiliy shakllari deganda, o'qituvchi va o'quvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda utadigan faoliyati tushiniladi. O'qitishning u yoki bu tashkiliy formasi kollektiv va individual o'qitishning har xil ko'rinishda kushib olib borilishi, o'qitishda o'quvchilar mustaqilligini turli darajasi, o'quvchilarning o'qishiga o'qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan xarakterlanadi. O'qitishni tashkil etish formalarini tanlash ta'lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o'quv ishining mazmuni hamda metodlariga bog'liq bo'ladi. Kasb-hunar kollejlarida o'qitish sinf-dars sistemasi deb ataladigan sistemada olib boriladi. Kasb-hunar kollejlarida tadbiqan olganda, sinf-dars sistemasida o'quvchilarni ularning tayyorgarlik darajasiga, o'rganadigan kasbiga, ba'zi kasblar uchun esa- jinsi va yoshiga muvofik guruhlarga ajratish kuzda tutiladi. Xar bir o'quv guruhining tarkibi o'qitishning boshidan oxirigacha uzgarmaydi. Mashg'ulotlar kat'iy jadval asosida o'qituvchi rahbarligida olib boriladi. Urganiladigan material qismlarga-xar biri muayyan maqsadni kuzda tutgan darslarga taksimlanadi. Sinf-dars sistemasida o'quv ishini tashkil etishning asosiy formasi darsdir. Dars deganda ma'lum vaqt ajratilgan va uzgarmas tarkibli hamda tayyorgarlik darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilar guruhi bilan o'qituvchi o'tkazadigan o'quv jarayonining bir qismi tushiniladi. Xar bir dars quyidagi talablarga javob berishi kerakki, bu talablarga rioya qilish butun ta'limning samaradorligini oshiradi Maqsad va mazmunning aniqligi. Bu talab darsning butun o'quv materialini va uning xar qaysi qismini to'g'ri tanlash yo'li bilan ta'minlanadi. Darsda urganiladigan (mustahkamlanadigan, takrorlanadigan) material nisbatan tugal, mustaqil bo'lishi, darslar sistemasida muayyan urin tutishi va o'z didaktik yo'nalishiga ega bo'lishi, ya'ni o'quvchilarga yangi materialni bayon etishi, bilimlarini mustahkamlashi va sistemaga solishi, bu bilimlarni tadbiq etish o'quvi hosil qilish lozim va xokazo. Ta'lim va tarbiyaviy vazifalarning ajralmasligi. YUqorida ta'kidlab utilganidek, ta'limning tarbiyalovchi xarakteri uning obyektiv qonuniyatini sanaladi. Ammo, shunga qaramay, o'qituvchi hamisha o'quvchilarnini tafakkuri, xotirasi, diqqat-e'tibori, irodasi va boshqa xislatlarini, bilish faoliyatini, ijodini, ishda mustaqilligi va shu kabi fazilatlarini rivojlantirish uchun darsda xar qanday imkoniyatdan foydalanishga majbur. Darsning xar qaysi bosqichida o'qitishning eng muhim ma'kul metodlarini tanlash. O'qitish metodlarini tanlash kupgina faktorga: o'quv materialining mazmuniga, darsdan kuzda tutilgan maqsadga maqsadga, darsning o'quv materiallari bilan ta'minlanganlik darajasiga, o'quvchilarning tayyorgarlik saviyasiga, o'qituvchi tajribasiga va shu kabilarga bog'liq. O'qitish metodini tanlash o'qituvchining YUqori mehnat unumdorligini va o'quvchilarning maksimal aktivligini ta'minlashi kerak, bu esa o'quvchilarga chuqur hamda puxta bilimlar beradi, olingan bilimlarni amalda tadbiq etish o'quvlarini hosil qiladi. Darsda o'quvchilarning kollektiv va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.63 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.63 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga