Kasb-hunar kollejlarida o'qitish jarayoni Xar tomonlama kamol topgan texnikadan ma'lumoti bo'lgan ishchilar tayyorlash masalasi, avvalo, o'qitish jarayonida hal qilinadi. O'qitish jarayoni pedogogning (o'qituvchi, ustaning) va u rahbarlik qilayotgan o'quvchilarning bilim, o'quv hamda malakalar sistemalarini ongli ravishda va puxta uzlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. Kasb-hunar maktablaridagi ta'lim o'quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning umumiy hamda maxsus bilim berishning eng muhim vositasidir. O'qitish jarayoni davomida o'quvchilarining bilish kuchlari rivojlantiriladi. ta'lim berishda uning ikki tomoni: o'qitish va o'qish tomonlari xamma vaqt ravshan ajralib turadi. O'qitish-o'qituvchining O'quvchilarga bilim, O'quv va malakalar sistemasi berish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyati. O'qish-o'quvchilarning o'quv fani materialini uzlashtirish borasida qiladigan sistemali va ongli mehnati. O'qitish mazmuni xamma vaqt tegishli o'quv fani programmasi bilan belgilanishini, o'quvchilarning o'qishini esa o'qituvchi yulga solib turishini nazarda tutib, muvofakkiyatli ta'lim berishning asosiy sharti ta'lim berish mazmuni, o'qitish va o'qish orasidagi chambar-chas uzviy bog'lanish deb hisoblamok kerak. Maktabning, shu jumladan, kasb-hunar maktabining xam, asosiy vazifasi usib kelayotgan avlodni o'qitish va tarbiyalashdan iborat. O'qitish jarayonini o'rganish obyekti sifatida ajratib ko'rsatish aslo ta'limni tarbiyaga qarshi kuyish bulmaydi. O'qituvchi o'quvchilarga yangi materialni tushuntirar, ularning kuzatishlarini, mustaqil ishlarini va faoliyatlarini tashkil etar ekan, ularda urganilayotgan obyektlarga malum daraja yondashish qobiliyatini, atrofdagi narsa va hodisalarni mulohaza qilish xislatlarini shakllantiradi, ularni mehnatga ongli munosabatda bo'ladigan qilib tarbiyalaydi, ularning irodasi hamda xarakterini chiniktiradi. Binobarin, o'qituvchilar o'quvchilarga ta'lim berar ekan, ularni tarbiyalaydi xam. ta'lim hamisha tarbiyalovchi xarakterda bo'ladi. tarbiya bilan ta'lim orasidagi chambarchas bog'liqlik, bohkacha aytganda, ta'limning tarbiyalovchi xarakteri o'qitish jarayonining asosiy obyektiv qonuniyatlaridan biridir. ta'lim, bu masalaga o'qituvchi qanday qarashidan katiy nazar, doimo o'quvchilarni tarbiyalaydi. Tarbiyalovchi ta'sir ta'limning ajralmas yuldoshidir. Agar o'quv jarayonida o'quvchilarning bilish kuchlarini rivojlantirish, ularda dialektik-materialistik dunyoqarash hosil qilish uchun yaxshi sharoit yaratilsa, ta'limning tarbiyalovchi ta'siri birmuncha ortadi. O'qitish jarayonida tarbiyalash dasturida, darsliklarda, o'qituvchining ish materialida g'oyaviy ahamiyatli o'quv materiali tanlash, o'quvchilar aktivligini kuzgatadigan va ularning aqliy hamda jismoniy mehnatda mustaqil bo'lishni ta'minlaydigan o'quv metodlarini qo'llash, o'qitish va mehnatni xar qaysi o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan xoldatashkil etish yo'li bilan ta'minlanadi. Kasb-hunar maktablari sharoitida o'quvchilarnini tarbiyalashning muhim omili ularning doimo unumli mehnatda ishtirok etishidir.ta'lim berish jarayoni ta'riflanar ekan, o'qituvchi o'qitishning ichki mexanizmlarini bilgandagina, o'quv jarayoni vaqtida idrok etilganlarning xammasi o'quvchi ongida aks etishi va o'zgarishi qanday sodir bo'lishini tushingandagina o'qitish samarali bo'lishi mumkinligini xam takidlab utish lozim. Ana shuning uchun xam o'qituvchilar pedogogik psixologiya bilimlarini chuqur egallashi zarur. O'quvchilarni bilimlarni uzlashtirib, obyektiv dunyoni bilib oladilar. Shu nuqtai-nazardan olganda, bilimlarning uzlashtirilishi bilish turlaridan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.32 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.32 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc