Kasb-hunar kollejlarida o'quv rejalashtirish hujjatlari Kasb - hunar kollejlarida fanlardan nazariy darslarni utishda Perspektiv mavzular rejasi Kundalik dars rejasi Dars konspekti Nazariy darslarni hisobga olib borish jurnallaridan muntazam foydalaniladi. Perspektiv mavzular rejasi o'quv materialini to'g'ri taksimlashda ayni fanni boshqa fanlar va ishlab chiqarish ta'limi bilan bog'lashda, darsga kerakli o'quv materiallari va jihozlarni tayyorlashda yordam beradi, o'qish jarayonining samaradorligini oshirish sharoitini yaratish imkonini beradi. Perspektiv mavzular rejasining asosini mavzular bo'yicha darslar tizimi tashkil etadi. Mazkur rejani o'qituvchi fanning o'quv rejasi va dasturiga asosan darslar boshlangunicha tuzadi va unda quyidagilar kuzda tutiladi: mashg'ulot o'quv ishlarini bajarish uchun tashkiliy qism; darsda o'quvchilarning mustaqil ishlashi; fanlararo va fan ichidagi bog'lanishlarni belgilash; tarbiyaviy ishni perspektiv reja bilan boglab olib borish; ishlab chiqarish ta'limi bilan bog'lanish; ko'rgazmali qo'llanmalar, didaktik materiallar va ta'limning texnik vositalarini belgilash; uyga topishirk; ma'lumotnoma va metodik adabiyotlar. Rejaning komponentlari o'quv fani va mavzu materialining mazmuni, bilim yurtining o'quv moddiy bazasi, o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga karab aniqlanadi. Perspektiv mavzular rejasi metodika kengashida ko'rib chiqiladi. Perspektiv mavzalar rejasi takroran foydalanadigan hujjat bo'lib, unga muntazam ravishda uzgartish va kushimchalar kiritib boriladi. N. M. Belousova 1-jadvaldagi perspektiv mavzular rejasini tavsiya etadi (1-jadval). Rejaning bo'limlari quyidagicha tulidiriladi: Darsning tartib nomeri kasr sifatida - suratga darslarning mavzu bo'yicha va maxrajga fan bo'yicha tartib nomerlari yoziladi. Masalan, 320, bunda 3-mavzu bo'yicha va 20-fan bo'yicha tartibi. Mavzu, darsning asosiy masalalari. Mavzu yozilgandan keyin, darsning asosiy savollari yoziladi, lekin dasturning xammasini yozish shart emas. O'quv ishini tashkil etish shakli. ta'limning tashkiliy shaklini o'quv-tarbiya maqsadlariga karab va o'qitish metodlari hamda o'quv materialining mazmuniga bog'liq bo'ladi. O'quvchilarning mustaqil ishi. Bunda ularning kitob, jadval, topshiriq, kinofilm, diafilm plakat va xoka'zolar bilan shugullanishi ifodalanadi. Kasb-hunar kollejining tarbiyaviy ish rejasi bilan bog'lanishi. Bu bo'limni tuldirishda kasb-hunar kollejining tarbiyaviy ish rejasidan foydalaniladi hamda bog'lanish xar bir dars uchun emas, balki bir mavzu uchun yoziladi. Fanlararo va fan ichidagi bog'lanishlar. Bu bo'limda urganilayotgan fanning umumta'limiy, umumtexnik va boshqa maxsus fanlar bilan bog'lanishlari kursatiladi. O'qitishning texnik vositalari, ko'rgazmali qurol va qo'llanmalar. Amaliy ishlab chiqarish ta'limi bilan bog'lanishi. Bu bo'limda urganilayotgan o'quv materialini ishlab chiqarish ta'limida bajariladigan topishiriklar bilan bog'lanishi kursatiladi. Uyga topshiriq. Mustaqil ishlashda foydalaniladigan adabiyotlarning nomlari, nashriyotlari, chikkan yillari, qaysi betlaridan foydalanish kerakligi ifodalanadi. Darsning maqsadi uchta: ta'limiy (o'qitish), tarbiyaviy va rivojlantirish maqsadlariga bulinadi. ta'limiy maqsadga umuman quyidagilar kiradi: yangi tushunchalarni shakllantirish; yangi qonun, qonuniyat, xususiyat va belgilarni uzlashtirishni ta'minlash; yangi harakat usullarini o'rgatish; bilimlardagi yetishmovchiliklarni bartaraf etish; bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish; malakalarni shakllantirish; malum harakat usullarini mutaxkamlash; ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.02 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.02 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc