Kasb-hunar kollejlarida pedagogik jarayonni loyihalash Reja: 1. Kasb-hunar kollejlarida o'quv jarayoni mazmuni. 2. O'quv tarbiyaviy jarayonini loyihalashtirish prinsipi. 3. O'qitish jarayonining tuzilishi, uni loyihalash va loyihalash bosqichlari. 4. Dars loyihasi va uni amalga oshirish modeli. 18. 1. Kasb-hunar kollejlarida o'quv jarayoni mazmuni Mamlakatimizda ta'lim islohotlari jarayonida kasb-hunar kolleji o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o'rta maxsus kasb - hunar o'quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi; o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi. Kasb - hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta'limning keyingi bosqichlarida o'qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradi. Kasb-hunar kollejlaridagi ta'lim o'quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning umumiy hamda maxsus bilim berishning eng muhim vositasidir. O'qitish jarayoni davomida o'quvchilarning bilim doiralari rivojlantiriladi. Kollejlarda ta'lim berishda uning ikki tomoni: o'qitish va o'qish tomonlari hamma vaqt ravshan ajralib turadi. O'qitish- o'qituvchining o'quvchilarga bilim, o'quv va malakalar berishi, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyati hisoblanadi. O'qish- o'quvchilarning o'quv fani materialini o'zlashtirish borasida qiladigan tizimli va ongli mehnatidir. Ta'lim jarayoni tizim sifatida quyidagilardan iborat: 2.1- rasm. Pedagogik jarayoni tizim sifatida O'qitish jarayonida tarbiyalash dasturida, darsliklarda, o'qituvchining ish materialida g'oyaviy ahamiyatli o'quv materiali tanlash, o'quvchilar aktivligini kuzgatadigan va ularning aqliy hamda jismoniy mehnatda mustaqil bo'lishni ta'minlaydigan o'quv metodlarini qo'llash, o'qitish va mehnatni har kaysi o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan xoldatashkil etish yo'li bilan ta'minlanadi. Kasb-hunar kollejlari sharoitida o'quvchilarnini tarbiyalashning muhim omili ularning doimo unumli mehnatda ishtirok etishidir. Kollejlarda bilim va malakalarni egallash dinamikasining asosiy qonuniyatlari o'quvchilarning bilish faoliyatiga ham bog'liqdir. Ammo bilimlarni o'zlashtirish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari ham bor. O'quvchilar, asosan, bilganlarini o'qituvchi rahbarligida o'zlashtiradilar, shu sababli o'quvchilarning subyektiv yangi narsani bilish jarayoni obyektiv yangi narsani bilish jarayoniga karagandi eng qisqa yul bilan sodir bo'ladi. O'quvchilar fanlarning asoslarini o'zlashtiradilar, ular oldida yangi haqiqatni kashf etish vazifasi turmaydi. Bilimlarni o'zlashtirish jarayonida mushohada yuritish o'quvchilarning sezish tajribasini boyitadi. Hozirgizamontalabibilimlarnio'zlashtirishnivao'quvchilarningbilishkuchlarinirivojlantirishniyagonao'qitishjarayoniningikkitomonidebqaraydi. O'quvchilarning aqliy kamol topishi kupgina yullar bilan boradi, bu yullarning asosiysi-fan va texnika asoslarini ularning etakchi g'oyalari hamda yo'nalishlari no'qtai-nazaridan uzlashtirish. Bilimlarni o'zlashtirish o'quvchilar aqliy faoliyatining ilgari siljishiga va unda yangi sifat xususiyatlari paydo bo'lishiga, ya'ni uning chinakam kamol topishiga hamma vaqt ham va birdaniga olib kelavermaydi. Shu munosabat bilan o'quv jarayonining harakatlantiruvchi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.03 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.03 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc