Kasb-hunar pedagogikasining huquqiy- me'yoriy asoslari Reja: 1.Kasb-hunar ta'limining huquqiy- me'yoriy asoslari. 2.Kasb-hunar pedagogikasining metodologik asoslari. Kasb-hunar ta'limi (KHT)ning huquqiy asoslari: inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi; bolalar huquqlari xalqaro konventsiyasi; O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; Ta'lim to'g'risidagi Qonun; Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari, Prezident farmoni va farmoyishlari. - Kasb-hunar ta'limining me'yoriy asoslari: Davlat ta'lim (tarmoq) standartlari; o'quv rejalari, o'quv dasturlari; ta'lim muassasalarining Nizomlari, yuqori tashkilotlar ko'rsatmalari, yuriqnomalari, farmoyishlari kabilar. Ta'lim - bilim berish, malaka va ko'nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta'lim jarayonida mahlumot o'zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta'lim tor mahnoda o'qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o'quv yurtlarida o'qitish jarayonigina emas, balki hayot, oila, mahalla, ishlab chiqarish jamoasi va shu kabi sohalarda ham mahlumot uzlashtirish jarayonidir. Kasb-hunar ta'limining metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi tashkil etadi. SHu urinda kasb-hunar ta'limi pedagogikasida keng kulamda qo'llaniladigan bahzi bir asosiy tushunchalarga baholi kudrat izoh berib utish lozim. CHunki ishlatilayotgan tushuncha mohiyatini bilmasdan ta'lim-tarbiya ishida samaraga erishib bulmasligi hayotiy hakiqatdir. Kasb - ish- faoliyatning mahlum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan turi, sohasi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumilmiy, umumkasbiy, maxsus mag'lumotlar hamda amaliy xatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarni o'zlashtirish orqali erishiladi. Kasb uziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan tavsiflanuvchi ixtisosliklarni mujassamlashtiradi. Bahzi kasblar uziga bir qancha ixsosliklarni qamrab olishi ham mumkin. Masalan, o'qituvchilik kasbi o'qitiladigan o'quv predmetlariga binoan: umumta'lim, umumtexnik, maxsus fanlar bo'yicha o'qituvchiliklarga bo'linishini kursatipshing o'zi kifoya. Kasb va ixtisoslik shaxsning muntazam ravishda mahlum turdagi ish bilan shugullanish metodlarini uzlashtirib borishni ifodalaydi. Metod iborasi (yunoncha - methodas - tadqikot yoki bilish yo'li, nazariya, ta'limot mahnosini anglatib) voqelikni bilish, uzlashtirish, uzgartirish usullari majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan. Metodika pedagogikaning o'qitish qonuniyatlari, qoidalari tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib baholash metod hamda vositalarini uzida mujassamlashtiruvchi fan tarmog'idir. Vagandoshimiz pedagog olim N.S. Sayidaxmedov fikricha, metodika o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar majmuasidir. Metodikadan qo'zlangan maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni, aniq hodisalar tekisligiga ko'chirishdir^ Metodologiya - metod va logiya iboralariniig birligida bilish faoliyati usuli, vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta'limog mahnosini anglatadi. Demak, metodologiya har qanday faoliyatniig zaruriy tashkiliy komponentidir. SHu jihatdan metodologik bilimlar, eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini uziga kamrab olib, odat hamda me'yorlar shaklida, ikkinchidan, amalda bajariladigan faoliyatniig tahsiri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda ham bilimniig asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror obhektni amaliy uzgartirishdan iborat. Demak, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi ijtimoiy hayotniig mahlum sohasida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.67 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.67 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc