Kasb-hunar ta'limining maqsadi va mazmuni Reja: 1.Kasbiy ta'lim maqsadi ta'lim-tarbiya va o'quvchi shaxsini rivojlantirish. 2.Pedagog va o'quvchining faoliyati maqsadi va mazmuni. Kasb-hunar ta'limining maqsadi va mazmuni U yoki bu ta'lim texnologiyasining tanlanishi eng avvalo maqsadga, ya'ni qanday darajada bilim, xatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarning uzlashtirilishi nazarda tutilganligiga bog'liq. Aniq maqsadni kuzlamagan mashg'ulot samara bermaydi, chunki olingan natija bilan kuzlangan maqsadni bir-biriga kiyoslab pedagogik jarayon (mashg'ulot) samaradorligini aniqlash mumkin, xolos. Yetarli darajada aniq bo'lmagan maqsadsiz mashg'ulot ishtirokchilarning ortiqcha hissiyotlarga berilishi, o'quvchilarni o'quv-bilish faoliyatiga undovchi ragbatning pasayishi, o'quv materiali, o'quv predmeti, tanlagan kasbiga nisbatan salbiy munosabatda bo'lishi kabilarga sabab bo'ladi. An'anaviy ta'lim maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalashga intilgan. Masalan, kishloq xo'jalik mashinalari turkumiga mansub pluglarning tasniflanishini bayon etish. Bu bir tomonlamalikni keltirib chiqarishi tabiiy hol. Ta'lim-tarbiya va o'quvchi shaxsini rivojlantirish maqsadlarini ta'lim mazmuni, pedagog va o'quvchining faoliyati orqali ifodalash bu sohada kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. Maqsadni o'quvchilar xatti-harakatida ifodalanadigan aniq ko'rinadigan va ulchanadigan natijalar orqali belgilash g'oyasi ilk bor R. Tayler tomonidan ilgari surilgan bo'lib, biz bu g'oyaga tulik, kushilamiz. Kasbiy ta'lim maqsadi avvalo jamiyat va davlatning talab hamda ehtiyojiga binoan shakllantiriladi. Demak, u mashg'ulot (dars)ning ma'lum bosqichi maqsadidan to komil inson shaxsini shakllantirishgacha kengayib borishi mumkin. Komil insonni shakllantirish jamiyatimizning oliy maqsadi bo'lib, u uzluksiz ta'lim jarayonida ta'minlanishi kuzda tutiladi. SHuning uchun uzluksiz ta'lim tizimining umumiy maqsadi quyidagi darajalarda aniklashtirilishi mumkin: Respublikamiz uzluksiz ta'limining global maqsadi - barkamol shaxsni shakllantirish; Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimining maqsadi - mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakali, keng ixtisosli mutaxassis kadrlarni tayyorlash. kasb hunar kollejlarining maqsadi aniq soha uchun DTS va TTS doirasida bilim, ko'nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarga ega kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash. o'quv predmetlarining maqsadi - aniq sonata oid texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining mohiyatini yorituvchi bilim, xatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish. Mavzu (mashg'ulot, dars)ning maqsadi - ilmiy tushuncha, dalil, xulosalar tizimini shakllantirish. Mashg'ulot dars bosqichining maqsadi - motivlashtirish, shakllantirish, nazorat qilib baholash kabilar. Amaliyotda maqsadlar vazifa sifatida xam talqin etiladi, Demak, maqsad va vazifa shunday aniq kuyilishi kerakki, unga erishilganlik haqida aniq xulosa chiqarish imkoni mavjud bulsin. Buning uchun har bir vazifani shakllantirishda kuyidagilarga amal qilish zarur: har bir vazifani (mashg'ulot)dars yakunida o'quvchi quyidagilarni bajara olishi lozimdeb boshlang; har bir vazifani raqamlang; har bir vazifani quyidagi amallar bilan boshlang: sanab uting, suzlab bering, kursatib bering, tanlang, hisoblang va xokazo.; har bir vazifani o'quvchi so'zi bilan ko'ying; har bir vazifa faqat bitta natijani kuzlasin, ikki yoki undan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.48 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.48 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:12 ]
Arxiv ichida: doc