Kasbiy faoliyatdagi muloqot o'qituvchining kommunikativ ko'nikmalari Reja: Kasbiy faoliyatdagi muloqot to'g'risidagi ilmiy qarashlar. Kasbkorlikda nutq va kommunikativmuloqotning ahamiyati. O'qituvchining kommunikativ muloqotbilan bog'liq bo'lgan ko'nikmalari. Kasbiy faoliyatdagi muloqot. O'qituvchining kommunikativ bilimdonligi. Kasbiy faoliyatni shaxsga ta'sir ko'rsatishi. Kasbiy faoliyatga moslashuv. Kasbiy faoliyatdagi muloqot to'g'risidagi ilmiy qarashlar. Kasbiy faoliyatdagi muloqot to'g'risidagi qarashlar. Inson faoliyatining turli sohasida axborot almashish, xar qanday muammoni jamoa bo'lib muxokama qilish natijasida yangi natijalarni olish zaruriyati konferensiya, seminarlar, yig'inlar kabi muloqot shakllarini keltirib chiqardi. hozirda biror bir jiddiy ishni oraliq natijalar, yakunlar, variantlar, qaror variantlari, opponentlarni tinglash va tegishli qarorlar qabul qilishning turli darajalarida xal qilmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi. Mazkur davrlarda Sharqda xam ilk psihologik qarashlar yuzaga keldi. Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo'lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta bo'lgan. Ular orasida Al-Horazmiy, AlForobiy, Abu RayXon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek kabilar o'zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari asrlar o'sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta xissa qo'shdi. U maxsus psihologik muammolar bilan shug'ullangan olimlardan biridir. Uning rux, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so'ng xam zamonaviy psihologiyada o'z qimmatini yo'qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo'lib psihoterapevtik usullarni qo'llab ko'rgan olimlardan biridir. So'nggi vaqtlarda juda ko'p chet el psixologlari 20-30 yillarda nomi chiqqan amerikalik psixolog E.Torndaykning ayrim fikrlariga murojaat etmokdalar. hozirgi zamon burjua psixologi o'z qarashlarini nikoblashni yoktiradi. E.Torndayk esa nixoyatda aniq yozar uning qarashlarida xech qanday ikkilanish holatlariga yo'l qo'yilmas edi. «Arifmetika o'qituvchisining Yangi metodlari» va psixologiyaga asoslangan prinsiplari» degan asarlarida E.Torndayk to'g'ridan to'g'ri o'quvchilarning «tabiiy kuchlari»ga, ularning «tug'ma mayllari»ga shama qiladi. E.Torndayk muhitning ta'siri haqida tarbiyaning ta'siri haqida gapirgan lekin bu faktorlarning ta'siriga ochiqdan ochiq ikkinchi darajali, tobelik rolini bergan o'qitish qanchalik yaxshi bo'lishiga qaramay, ayrim o'quvchilar xech qanday muvafokiyatga erisha olmaydilar,boshqa bir o'quvchilar esa,o'qitish qanchalik yomon bo'lishiga qaramay muvafokiyatga erishadilar. Mutlaqo ochiq-oydin fikr! Shunday qilib o'qituvchining roli yakka chiqarilmoqda va oldingan pedagogik brak oqlanmoqda. Muloqot yoki kommunikatsiya - odamlarning o'zaro hamkorligi shakllaridan biri. Muloqot odamlarning voqelikni aks ettirishi natijasini ifodalovchi xabarlar almashish jarayoni bo'lib, ular ijtimoiy borliqning ajralmas qismi hamda ularning individual va ijtimoiy ongi shakllanishi va amal qilishining vositasidir. Odamlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida maqsadli hamkorlikni tashkil etish, tajriba almashish, mehnat va turmush ko'nikmalarini olish, ma'naviy ehtiyojlarni namoyon etish va qondirish muloqot yordamida yuz beradi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.36 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.36 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc