Kasbiy muhitdagi o'z o'ziga motivatsiya va maqsadga intiluvchanlik Reja: Kasbiy muhitdagi muloqot kompetentligining ahamiyati. Kasbiy motiv va motivatsiya. Mehnat faoliyati motivlari. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o'zgartirish muammosi. Kasbiy muhitdagi muloqot kompetentligining ahamiyati Shaxsning tanlagan sohasi bo'yicha malakali, yuqori mahoratga ega mutaxassis sifatida shakllanishi murakkab jarayon bo'lib, unga ko'p yillik samarali mehnat, ijodiy izlanishlar natijasidagina erishish mumkin. Biroq mazkur sifatlarning shakllanishi uchun zamin o'rta maxsus kasb-hunar kollejlaridagi tahsil jarayonida yaratiladi. Bo'lajak pedagogning kasbiy tayyorgarligi jarayonida mutaxassislikka oid bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirib borishi bilan bir qatorda psixologiya fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimdonlikning shakllanishi ham muhim ahamiyatga ega. Xalq xo'jaligining turli sohalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har bir mutaxassisda kasbiy kompetentlikni shakllantirib borishga etibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Kasbiy kompetentlik kishining kasbiy faoliyati bilan bog'liq vazifalarni bajara olish qobiliyati va undan samarali foydalana olish imkoniyati bo'lib, u shaxsga xos ko'plab psixologik xususiyatlarga ega bo'lishni taqozo etadi. A. A. Derkach tomonidan kasbiy kompetentlikning tarkibida kasbiy faoliyatdagi kompetentlik, kasbiy muloqotdagi kompetentlik, mutaxassisning o'z shaxsini namoyon eta olishidagi kompetentligini kiritish mumkin. Pedagogning kasbiy kompetentligi pedagogika va psixologiya fanlariga doir bilimlarga ega bo'lish, o'z ustida ishlash, ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o'rnata olish, o'quvchilarda o'quv faoliyati motivatsiyasini shakllantirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi bilish, ta'lim muhitiga yangilik kiritish, o'z fanini mukammal bilish, xorijiy tillardan birini yaxshi bilishni taqazo etadi. A.V. Xutorskiy ta'lim jarayoni uchun muhim bo'lgan pedagogning quyidagi kompetentligini tavsiflaydi: Dunyoqarash, qadriyat va o'zini anglash - o'qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog'liq ravishda namoyon bo'ladi. U atrofmuhitdagi voqea va hodisalar mohiyatini aniqlay biladi va tushunadi unga o'zini yo'naltiradi, pedagog sifatida o'z fikrini asoslay olish hamda muammoning yechimini topa bilish ko'nikmasiga ega. Bu kompetensiya- o'qituvchining o'quv va boshqa faoliyatlaridagi o'zini - o'zi anglash mexanizmini ta'minlaydi. Umummadaniy - milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo'lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf-odatlarga hurmat; ijtimoiy ko'nikmalarga ega bo'lish. Ilm fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta'sirini anglay olishi va o'quvchi yoshlarga tushuntira olishi. O'quv va bilish jarayoni - o'qituvchining mustaqil bilish faoliyati, mantiqiy fikrlashi, o'quv - bilim faoliyatini baholashi, bilim va ko'nikmasini tahlil qila olishi. ma'lumotga ega bo'lish- pedagogik faoliyati, o'z faniga doir ma'lumotlarni egallash ko'nikmasi. Muloqotchanlik - til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo'lishi, jamoada o'ziga xos o'rinda turishi. Ijtimoiy - foydali mehnat oilaviy munosabatlar va mas'uliyat, jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko'nikmalarga ega bo'lish. O'z ustida ishlashi - jismoniy, ma'naviy, intellektual ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.93 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.93 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc