Kasbiy pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va mazmuni

Kasbiy pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va mazmuni

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasbiy pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va mazmuni - rasmi

Material tavsifi

RYeJA: 1. Kasbiy pedagogik faoliyat haqida tushuncha. 2. Kasbiy pedagogik faoliyat mazmuni va tarkibiy qismlari. Tarbiya - kasbiy faoliyatni tashkil etish vositasi. Tarbiya san'ati - deyarli hammaga tanish va tushunarli, bazilarga esa, hatto oson tuyo'lish xususiyatiga ega, u qanchalar tushunarli va oson tuyulsa, o'sha inson u bilan nazariy va amaliy jihatdan shunchalar kam tanish, - degan edi K.D. Ushinskiy. Tarbiya, asosan, quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: ko'rsatish va tushuntirish; rag'batlantirish va jazolash; vazifa berish va talab qilish; tekshirish, tuzatish, ishontirish va tahlil qilish. Ana shunday ta'sir ko'rsatish yo'li bilan kattalar bolalarning bilish va amaliy faoliyatlarini yuzagaga keltirib, malum tomonga yo'naltiradilar va bu faoliyatlar nazorat qilinib, to'g'rilab, faoliyatlarni rivojlantirish amalga oshiriladi. Pedagogikada tarbiya berish usuli ikki turga bo'linishi qayd etilgan. Birinchi usul, (ilhomlantiruvchi) san'atni o'z rag'batlari bilan o'rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul (majbur etish), esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Tarbiya beruvchi yoki shogirdlarga o'qituvchilarning qo'llaydigan usuli bunga misoldir. Masalan, hukumat yoki davlat, mazkur mamlakatda yashovchi shaxslarning muallimi, tarbiyachisi bo'ladi. Bolalarni tarbiyalovchi odam esa muallim bo'lib, u bolalarga tarbiya berishda turli usullardan foydalanadi. Mana shundan malum bo'ladiki, hukumat (davlat) va muallim har ikkovi o'z yo'lida bolalar yoki mehnatkashlarga tarbiya beruvchi ustoz va muallimlardir. Ulardan biri bolalarga mehribonlik va yaxshi so'zlar bilan; tarbiya bersa, ikkinchisi majburiy ravishda tarbiyalaydi. Buyuk allamamiz Farobiy tarbiyaning usuli deganda axloqiy fazilatlarni tushunadi. Uning tasavvurida axloqiy fazilatlar bilimdonlik, donolik va mulohazali bo'lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko'pchilik manfaatini yuqori qo'yish, haqiqat, ma'naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlardir. Ammo, bu xislatlarning eng muhimi har bir insonning bilimli, ma'rifatli bo'lishidir. Shuning uchun ham, Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog'liq holda tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Farobiyning axloqni xulq me'yorlari ifodasi sifatidagina emas, balki kishilarning aqliy faoliyatning natijasi sifatida ham talqin etilgangligini ko'ramiz. Farobiyning ta'lim-tarbiya yo'llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go'zal fazilatlar ikki yo'l, yani ta'lim va tarbiya yo'li bilan hosil qilinadi. ta'lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug'ma fazilat, nazariy bilimlar va omiliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi. ta'lim so'z va o'rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan amalga oshiriladi deb ko'rsatadi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo'ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko'nikmalarni qay darajada o'rganganligiga qarab, paydo bo'ladi, -deb uqtiradi alloma. Forobiy, ta'limda barcha fan olamining nazariy asoslari o'rganilsa tarbiyada ma'naviy, axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi deb tushuntiradi. Bahouddin NAQSHbandning tarbiyaviy qarashlar markazida Orif insonni shakllantirish g'oyasi yotadi. Orif inson, avvalo, aqlli, ilmli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.71 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.71 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga