Kasbiy pedagogik faoliyatning kontseptual asoslari

Kasbiy pedagogik faoliyatning kontseptual asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasbiy pedagogik faoliyatning kontseptual asoslari - rasmi

Material tavsifi

Kasbiy pedagogik faoliyatning kontseptual asoslari Reja: ta'limning faol usullari va texnikasi O'qituvchi - talabaning maqsaddan natijaga erishishi Uzluksiz ta'lim tizimida o'rta maxsus kasb hunar ta'limi ta'limning faol usullari va texnikasi O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning farmon, asar va nutqlari, vazirlar mahkamasi hujjatlari, xalq ta'limi, oliy va o'rta-maxsus kasb-hunar ta'limi tizimining qator hujjatlari mazmuni bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlarning qonuniy va kontseptual asoslari bo'lib, «ta'lim to'g'risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g'oyalarini amalga oshirish jarayonida o'qituvchi kadrlar muhim rol o'ynaydilar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida takidlangan milliy model O'zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg'or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) - komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o'zida to'laqonli aks ettiruvchi namunadir. Kontseptual - o'rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslash. ta'limning faol usullari va texnikasi ta'limning faolligi - ta'lim oluvchilarning faolligini tashkillashtirishni ta'minlab beruvchi ta'lim. ta'limning faol usullari - ta'lim oluvchilarning bilim orttirish faoliyatini kuchaytirish usullari. Asosan u yoki bu muammoni yechish yo'llarini izlashda taxminiy erkin fikr almashinish diologi asosida quriladi. ayniqsa keng tarkalgan va o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan ta'limning faol usullariga kuyidagilar kiradi: suhbat, munozara, ta'limiy o'yinlar, «keys-stadi», loyihalash usuli, muammoli usul, miyaga xujum va boshq. Interaktiv (Interactive) - dialogli. Interfaol ta'lim - ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi o'zaro harakatni amalga oshiruvchi dialogli ta'lim. Interfaollik - ta'lim doirasida prinsipial yangi hodisa - shu tufayli ta'lim oluvchi: ta'lim jarayonining xamma subyektlari bilan faol o'zaro harakatda bo'lishi, faqatgina o'qituvchi bilan shaxsiy munosabat yo'lidagina emas, balki boshqa talabalar, ma'muriyat bilan ham qila olishi mumkin; Multimedia obyektlarini tahlil qilish jarayonida ularning mazmunini, shaklini, o'lcham va ranglarini dinamik ravishda boshqarishni, turli tarafdan ularni kuzatishni, boshqa shunga o'xshash manipulyatsiyalarini qayta ta'minlashni, ko'proq aniq ko'rsatuvga erishish uchun xoxlagan joyidan to'xtatib va davom ettira olish mumkin bo'ladi. Interfaollik darajasi kanchalik yuqori bulsa, ta'lim jarayoni xam shunchalik samarali bo'ladi. Shunday qilib, interfaollik faqatgina axborotlarni qabul qilish uchungina emas (passiv), balki o'rganilayotgan obyektlar yoki jarayonlarda va virtual modellarning o'zaro harakatlarida multimedia modellari xususiyatlarini faol tadqiqot qilish uchun ham imkoniyat yaratib beradi. Interfaollik darajasi kanchalik yuqori bo'lsa, ta'lim jarayoni ham shunchalik samarali bo'ladi. hozirgi davr o'qitish shakllari talabalarni erkin, ijodiy fikrlashga, ishlashga yo'naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. O'quvchi - talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlari hulosa qila olsalar, o'zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.41 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.41 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga