Kasbiy qiziqish va layoqatlarni eksperimental o'rganish Reja: 1. Qiziqishlar haqida ma'lumot,qiziqishlarning turlari 2. Bilish jarayonlari va qiziqishlarning uzviy bog'likligi 3. Qiziqishlar xaritasi metodikasi yordamida to'plangan ma'lumotlarni qayta ishlash. 4. Kasbiy qiziqishlar bo'yicha individual xulosalash. Qiziqish insonning obyektga bo'lgan munosabati,u uchun qimmatli va jozibali narsaga. Psixologiyada qiziqish insonning ma'lum bir mavzuga bo'lgan faol bilim yo'nalishi sifatida tushuniladi. Qiziqish bu shaxsning individual psixologik xususiyati bo'lib, uvoqelik hodisalariga tanlab yo'naltirilganligi bilan tavsiflanadi. Qiziqish ijobiy hissiy munosabat va intellektual bilish faoliyatida namoyon bo'ladi. Faqatgina ushbu ikkita belgi mavjud bo'lganda, biz odamning u yoki bu qiziqishiga ega deb hisoblashimiz mumkin. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni shakllantirishda hamma uchun zarur bo'lgan umumiy qobiliyatlar (masalan, ijodkorlikka bo'lgan qobiliyat) yoki juda ko'p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar (tashkilotchilik qobiliyatlari) ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar hisobga olinadi, masalan, elektromexanik releni sozlovchi qiluvchi kishining qo'llarida sezuvchanlik juda yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak, bir xil ohangdagi qo'zg'atuvchilarga nisbatan bardoshlilik - transport vositalarini haydovchi kishi uchun zarur, chizmalarga karab murakkab buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa jismlarning fazodagi holatini tasavvur qila olish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo'lmog'i kerak. Har qanday kasbda ham umumiy va maxsus qobiliyatlar birga qo'shilib kelgan takdirdagina ishning muvaffaqiyati ta'minlanishi mumkin. ?? Umumiy talqinlarga asoslanib mulohaza bildiriladigan bo'lsa, qiziqish alohida jarayon ,ammo ma'lum psixologik funksiya emas, chunki u his-tuyg'u, iroda, ong, qolaversa jamiyki psixik holatlar, hodisa va ichki kechinmalarni o'zida mujassamlashtirgan murakkab tizimli ruhiy voqelikdir. Qiziqish psixologik mohiyatining dastlabki ko'krinishi - bu uni odamlar tomonidan anglab yetishi yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, uning oqibatini anglash,tasavvur etish orqaligina obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo'ladi. Lekin bu voqelikni anglash, tushunish insonda birdaniga sodir bo'lmaydi,balki muayyan vaqt davomida undabilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari individual-tipologik xususiyatlar rivojlanishi tufayli Yuzaga keladi.Shuni ta'kidlash joizki, qiziqish psixologik mohiyatining namoyon bo'lishida aqliy jarayonlar muhim o 'rinda turishi hodisasining qayd qilinishi u faqat intellektdan tashkil topadi, degan ma'noni anglatmaydi albatta. Shu bois, qiziqish psixologik mohiyatining ikkinchi ko'rinishi uning his-tuyg'ular, emotsional holatlar bilan uyg'unlashgan, mujassamlashgan tarzda ifodalanishidadir. Ma'lumki, his-tuyg'ular,shuningdek, emotsional holatlar (emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyanfaoliyatga intilishni, sa'y -harakatlarini kuchaytiradi, jadallashtiradi,safarbarlikni obyektga yo'naltiradi.Inson o'z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyingina unda yoqimli his-tuyg'uiar uyg'lonadi, ruhiy qoniqish, o'z navbatida, lazzatlanish (praksik) hissi vujudga keladi.Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko'rinishi - bu uning iroda sifatlari,iroda akti bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo'r berish, muayyan qaror bo'yicha intilish, ba'zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillik namoyon qilish qiziqishni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.5 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.5 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: pptx