Kasbiy ta'lim mazmuni

Kasbiy ta'lim mazmuni

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasbiy ta'lim mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Kasbiy ta'lim mazmuni. Reja О'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti Ta'lim mazmuni tuzilmasining makro darajasi Mikro darajadagi о'qitish mazmunining tuzilmasi О'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti Davlat ta'lim standartlari ta'limning zarur, yetarli darajasi va о'quv yuklamalari hajmiga qо'yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi. Ta'lim mazmunining zaruriy о'zagi hisoblanish davlat ta'lim standarti vositasida mamlakat hududidagi barcha о'quv muassasalarida ta'limning barqaror darajasini taminlash sharti amalga oshiriladi, О'quv yuklamalari meyorga keltiriladi, о'quvchilar bilimini baholashning mezonlari ishlab chiqiladi. Ta'lim oluvchi davlat tomonidan belgilagan ta'lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda, ya'ni keng, chuqur bilim olish va yuqori reyting ballini tо'plash huquqiga ega. Ta'lim oluvchiga qiyin bо'lgan yoki unga xush kelmaydigan predmetni о'rganishda ta'lim oluvchiga standartda belgilangan meyor bilan cheklanishiga imkon beriladi. Bunda ta'lim oluvchi о'zining qiziqish va xohishi asosida qobiliyati hamda intilishlarini rо'yobga chiqarishga, о'zi uchun eng maqbul yо'lni ongli va mustaqil ravishda tanlash imkoniga ega bо'ladi. Davlat ta'lim standartlari о'quv tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qо'yiladigan talablarning ochiq bо'lishini nazarda tutadi. Shakl va mazmun jihatdan tushunarli tarzda ifoda qilingan mazkur talablar о'quvchilar va ularning ota-onalariga oldindan malum qilinadi. Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq, oliy va о'rta maxsus kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti ishlab chiqiladi. О'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining tarmoqli standarti-malaka talablariga mos ravishda kasbiy tavsifnoma asosida muayyan tayyorlov yо'nalishi yoki kasb-hunar bо'yicha tahlim mazmunining zarur va yetarli hajmi va maqsadi, о'quv yuklamalari hajmini aniqlovchi hamda ta'lim sifatining standart talablariga muvofiqligini taminlovchi meyoriy xujjatdir. Kasb-hunar ta'limi dasturi kasb-hunar ta'limi tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi xujjatlar tuplami. Kasb-hunar ta'limi dasturi kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga egallagan kasbi bо'yicha ishni malakali bajarish imkonini berish hajmidagi umumkasbiy va maxsus fanlar shuningdek, ishlab chiqarish ta'limi amaliyoti mazmunini aks ettiradi. Kasb-hunar ta'limi dasturi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini muayyan kasb va ixtisosli bо'yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi bilan taminlaydi. О'rta maxsus kasb-hunar ta'limi standartlashtirishning maqsad va vazifalari о'rta maxsus kasb-hunar ta'limining yuksak sifati mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, sifati ta'lim xizmatlarini kо'rsatish, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, kadrlar tayyorlash sifati va ta'lim faoliyatini baholashning mezonlari va tartibini belgilashdan iborat. Shuningdek, kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini taminlash, mehnat va ta'lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni tahminlashdan iborat. О'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va kadrlar tayyorlash sifati, kо'rsatiladigan ta'lim xizmatlari turlariga nisbatan qо'yiladigan maqbul talablarni belgilash, ta'lim oluvchilarning bilimi va kasb malkasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi, shuningdek, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.28 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.28 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga