Kasbiy ta'lim metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja: ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kasb-hunar ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta'lim tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning farmon, asar va nutqlari, vazirlar mahkamasi hujjatlari, xalq ta'limi, oliy va o'rta-maxsus kasb-hunar ta'limi tizimining qator hujjatlari mazmuni bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlarning qonuniy va kontseptual asoslari bo'lib, «ta'lim to'g'risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g'oyalarini amalga oshirish jarayonida o'qituvchi kadrlar muhim rol o'ynaydilar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida takidlangan milliy model O'zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg'or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) - komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o'zida to'laqonli aks ettiruvchi namunadir. Bu yangi o'quv maskanlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bir tomondan o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan o'quv yurtini zamonaviy texnika bilan ta'minlanganligiga bog'liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog xodimlari oldiga tayyorlanadigan malakali ishchi kadrlarda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yuksak mehnat intizomi va madaniyatni, jamoa oldiga burch his tuyg'ularini tarbiyalash vazifasini qo'yadi. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab jarayon bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu murakkab va mas'uliyatli vazifa o'qituvchi-pedagoglar zimmasiga yuklatiladi. O'qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o'z ixtisosligi yo'nalishlari bo'yicha maxsus ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxs sanaladi va u o'qitish shakllarida foydalaniladigan o'qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy bilishga doir g'oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishdek muhim vazifani bajaradi. Bu vazifalarni bajarish ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyadan foydalana oladigan yuqori malakali ishchilarni etishtirish demakdir. Mazkur vazifani muvaffaqiyatli hal qilishda muhandis-pedagoglarning fan va texnika sohasidagi yutuqlaridan muttasil foydalana bilishlari, o'quv jarayonida ilg'or pedagogik va ishlab chiqarish ta'limi tajribalarini tadbiq eta olishlari katta ahamiyatga ega. Hozirgi kasb-hunar ta'limi didaktikasida qanday o'qitish jarayoni qonuniyatlari mavjud. O'quv jarayoniga sistemali yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda uning o'zaro bog'langan ikki tizimi amal qiladi. Birinchidan, o'quv jarayoni o'zining o'qitish maqsadi, o'qitish va o'quv faoliyati, ta'lim mazmuni, o'qitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon bo'ladi. Ular o'zaro bir-biri bilan bog'lanib ketgan. Ikkinchidan, o'quv jarayoni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc