Kasbiy ta'lim uslubiyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja: 1. Kasbiy ta'lim uslubiyoti fan sifatida. 2. Kasbiy ta'lim uslubiyoti fannining maqsad va vazifalari. 3. Kasbiy ta'lim uslubiyoti faning tadqiqot metodlari. O'zbekiston Respublikasi bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat barpo etish yo'lidan sobit qadamlik bilan bormoqda. O'zbekiston taraqqiyot va islohotlarning xususan, ta'lim sohasidagi islohotlarning o'ziga xos jahon hamjamiyati tomonidan takrorlanmas deb tan olingan yo'lni tanladi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov takidlab o'tganlaridek: «Zamon talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda o'quv yurtlarimizning shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bo'lishi kerak». Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mustaqillikning 11-yilligini nishonlash arafasida turgan, iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'liga kirib borayotgan mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tehnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta'limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu borada 1997 yilda tarixiy hujjat Respublikamizda «ta'lim to'g'risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindiki, ular mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo'lib, asosiy maqsadli komil inson va yetuk malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular o'zaro bog'liq holda namoyon bo'ladi. Mazkur qonun va dasturni ro'yobga chiqarish ta'lim tizimini tubdan qayta qurishni, yani xalq ta'limi taraqqiyotining kontseptual qoidalarini qayta ko'rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalarni hal etilishi ishlab chiqishi lozim bo'lgan dastlabki ma'lumotlar cheklangan bo'lib yoki boshlang'ich axborot juda katta hajmi bo'lgan holda ham iloji boricha maksimal aniqlikka erishish talab etilmoqda. Biroq pedagogika ta'limiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etishning hozirgi saviyasi zamon talablariga javob bermayapti va bu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengroq davom ettirishni davr taqozo etmoqda. Buning ustiga, umumijtimoiy axborot almashinuvi muammosi pedagogik ta'limi amaliyotida o'z aksini hali yaxshi topmadiki, natijada ta'limning boshqa sohalari, jumladan umumiy o'rta ta'lim, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarni xalq xo'jaligi bilan integratsiyalashuvi qiyinlashmoqda.(Nuriddinov B. «Kasb ta'limi o'qituvchilari malakasini oshirishda faol o'qitish metodlaridan foydalanishning ilmiy pedagogik asoslari». nomzodlik dissertatsiyasi. T.,2002.) Xulosa qilib aytganda mustaqil O'zbekiston bugungi kunda kelib jahonga o'z nomini tanitdi. Iqtisodiy - siyosiy jihatdan yuksaldi. Shu bilan birga O'zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishda bugun kelajak uchun zarur bo'lgan zamonaviy kadrlarga ham ehtiyoj sezila bordi. Mustaqil davlat o'zining muhim tarixiy hujjatlariga ega bo'ldiki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.4 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.4 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc