Kasbiy ta'limda faol o'qitish usullari mazmunini tanlash, amalga oshirish

Kasbiy ta'limda faol o'qitish usullari mazmunini tanlash, amalga oshirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasbiy ta'limda faol o'qitish usullari mazmunini tanlash, amalga oshirish - rasmi

Material tavsifi

Kasbiy ta'limda faol o'qitish usullari mazmunini tanlash, amalga oshirish Reja: Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar Suhbat, munozara, miyaga hujum, ishbilarmonlik O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohasidagi o'zgarishlar ta'lim islohotlari bilan chambarchas bog'liqdir. «Ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qonunlariga asosan, o'xshashi yo'q, yangi turdagi ta'lim turi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi (O'MKHT) shakllandi. O'MKHT o'quv muassasalarida yuqori malakali o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga ega bo'lgan kichik mutaxassislarni tayyorlash davlat miqyosida dasturlashtirlmoqda. Shuning uchun ta'limning modellari ham sifat jihatdan o'zgarishi kerak: zamonaviy usullar, vositalar, ta'limning shakllari va usullari ta'lim oluvchilarda quyidagi xususiyatlarai shakllantirishui ta'minlashga qaratilgan: jarayoniy mahoratlarni; axborotlardan mustaqil foydalanish qobiliyatini; muammoni hal etishda ijodiy yondashishni; tashkilotchilik ko'nikmalarini va hoka'zolar. Bo'lg'usi kichik mutaxassislarni Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorlash davrida ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega bo'lgan ushbu bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ta'lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish usullarini tanlash eng asosiy muammo bo'lgan hamda shunday bo'lib qoladi. Buning uchun pedagogik jarayon nimani anglatishini ko'rib chiqamiz. Jarayon - (lotincha prozessys so'zidan olingan bo'lib), oldinga harakat, o'zgarish degan ma'noni anglatadi. Pedagogik jarayon - ta'lim beruvchi bilan ta'lim oluvchi o'rtasidagi belgilangan maqsadga erishishga yo'naltirilgan va belgilangan natijaga olib keluvchi o'zaro ta'sir jarayonidir, ta'lim jarayoni bevosita; ta'lim beruvchi bilan ta'lim oluvchining o'zaro munosabatiga; ta'lim texnologiyalariga bog'liq. Usul - (yunoncba Metodos so'zidan olingan bo'lib, izlanish yoki bilish yo'li, nazariya, ta'limot ma'nosini anlatadi) aniq vazifani yechishga bo'ysundirilgan. borliqni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish operatsiyalarining yig'indisi. Ta'lim texnologiyalarida zamonaviy usullar, shakllar, vositalar muhim o'ringa ega. Ta'lim jarayonida usullarsiz qo'yilgan maqsadga, belgilangan mazmunni amalga oshirishga, bilish faoliyatini faollashtirishga, sezilarli natijalarga erishish mumkin emas. Usullar natijaga erishishni, ta'lim mazmunini amalda qo'llashni ta'minlaydi, bunda ta'lim beruvchi faoliyatini tashkil etish yo'li - dars berish usullaridir, ta'lim oluvchining faoliyati esa o'rganish usullaridir. Maqsadlar ta'lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatida vositalar yordamida amalga oshiriladi, usullar esa ularni amaliy bajarilishini ta'minlaydi. O'qitish usuli - o'qitishda belgilangan maqsadga erishish uchun ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchining o'zaro bog'liq faoliyatini tashkil eitshning tartibga solingan usul bo'lib, ta'lim oluvchining faoliyatini tashkil qilish vositasidir. Dars berish usullari - ta'lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir. Ta'lim maqsadlariga erishish bo'yicha o'quvchi va o'qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishga oid ta'lim usullari tizimini quyidagi belgilari bo'yicha guruhlarga ho'lish mumkin. Birinchi guruh - o'quvchilarning o'zlashtirish, tushunib yetish, bilimini mustahkamlash bo'yicha ish faoliyatini ta'minlaydigan, tayyor holatda o'quvchilarga bayon qilingan o'qitish va bilim olish usullari: ma'ruza, hikoya, tushuntirish; namoyish, illustratsiya, videousul. Ikkinchi guruh - o'quvchilarning bilimini o'zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo'yicha reproduktiv faoliyatni ta'minlovchi, mahorat va malakani algoritm (namuna) bo'yicha o'qituvchilarning bevosita boshchiligida tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.69 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.69 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga