Kasbiy ta'limda o'qitishni tashkil qilish asoslari Reja: Pedagogikada o'qitish metodlarining asosiy masalalari Kasb ta'limining og'zaki nutq metodlari Kasb ta'limining ko'rgazmali metodlari O'qitish metodlari ta'lim jarayonida o'qituvchi va talabalar faoliyatining yo'nalishini, o'qitish jarayonining qanday tashkil etilish' va olib borilishi hamda o'qituvchining ish harakatlarini belgilaydi Bu metodlar o'qituvchi tomonidan o'quvchilar bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishi uchiui qo'llaniladigan usullar yig'indisini o'z ichiga oladi. Ta'lim tizimida o'qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» degan atamalar ishlatiladi. Usul - ma'lum o'quv materialini o'tishda qo'llanayotgan asosiy o'qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o'qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko'rishdir. Vosita - o'qitish melodlarmi amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yordamchi o'quv materiallari - asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir. Ta'lim metodlari o'qitish jarayonida va pedagogik tafakkuraing ko'p asrlik rivojlanishi tarixida muhim o'zgarishlarga duch keladj. Pedagogikada ta'lim metodlarini tasniflash va belgilashga bir xil yondashish mavjud emas. Ayrim mualliflar metodlarni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar. Metod yunonchada -izlanish yo'li, o'rganish, tushunish demakdir. Ta'lim metodi ta'lirn-tarbiya rnaqsadiga erishishga qaratilgan o'qituvchi bilan talabalar faoliyatidir (Yu.K, Babaskiy). O'qitish metodlari - o'qituvchining ishlash uslubi bo'lib, u bu uslub orqali o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalami shakllantiradi (M.A.Daiilov), Kasbiy ta'limda ta'lim metodlari didaktikaning eng asosiy kategoriyasidan hisoblanadi. Agar ta'lim mazmuni nimaga o'qitish kerak degan savolga javob bersa, metodi esa qanday o'qitish kerak degan savolga javob beradi. Fan, texnika va ishlab chiqarish taraqqiy etib borishi munosabati bilan mehnat hamda kasb ta'limi metodlari doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib bormoqda. Bu metodlarning rivojlanishi va takomillashuvi ilg'or pedagogik tajribaning to'planishi, ilmiy-metodik tadqiqotlarning kengayib, chuqurlashib borishi asosida didaktik tamoyillarning, mehnat va kasb ta'limi tizimlarining takomillashib borishi bilan o'zaro bog'langan holda ro'y bennoqda. Ishlab chiqarish ta'limi jarayonining eng muhim jihatlaridan biri, ta'lim metodlaridir. Ishlab chiqarish ta'limi metodlari deganda, ustoz bilan o'quvchilaraing birgalikda tashkil qilingan faoliyatining shunday usullari tushuniladiki, ular yordamida o'quvchilar amaliy bilinilarni, ko'nikma va malakalarini egallaydilar, ulaming kasbiy mahorati, melmatga munosabati asoslari shakllantiriladi, aqliy hamda jismoniy kuchlar, ijodiy qobiliyatlari rivojlantiriladi. Ishlab chiqarish ta'limi jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi. Ular bilim va ko'nikma manbalari jihatidan: Nutqiy (tushuntirish, suhbat, yozma yo'riqnoma va hoka'zolar); Ko'rgazmali (mehnat usullari va harakatlarini ko'rsatish, ko'rgazmali qurollarni namoyish qilish, ekran vositalaridan foydalanish, o'quvchilarning kuzatishlari va hokazo); amaliy (mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlar); ishlab chiqarish-texnika vazifalarini hal etish; bilimlar, mehnat ko'nikmalarini va malakalarini tekshirish; tadqiqot metodlari va faol izlash usullarga bo'linadi. Nutq metodlaridan odatda, kirish instruktaji o'tkazilayotganida, shuningdek, talabalar ish jarayonida joriy instruklaj bilan tanishishlari davomida foydalaniladi. Ko'rgazmoli metodlar ham kirish instruktaji uchun xosdir. Bu metod ish usullari va operatsiyalarini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: docx