Kasbiy ta'limi jarayoning ishtirokchilari Reja: 1. Pedagogik jarayon mohiyati va tuzilmasi. 2. Kasbiy ta'lim tamoyillari. 3. Pedagogik jarayonni loyihalash. Kasb-hunar ta'limi jarayonining ishtirokchilari Ma'lumki, xar qanday ta'lim-tarbiya ishida, shuningdek, kasb-hunar ta'limida o'qituvchi va o'quvchilar ushbu jarayonning bevosita ishtirokchilari hisoblanadilar. Bu ishtirokchilarning o'zaro hamkorligi natijasida, ya'ni ularning o'zaro ta'sir, muloqot va munosabatlari tufayli ta'lim-tarbiya jarayoni amalga oshadi. Ma'lumki, kasb-hunar kollejlariga o'quvchilar umumiy o'rta ta'lim maktablarining to'qqizinchi sinflarini bitirganlar safidan qabul kilinadi. Odatda ularning yoshi 15-18 larda bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ega buladilar. Vatandoshimiz yetuk psixolog olim E.Goziev va uning maslakdoshlari fikricha bu yoshdagi o'spirinlar quyidagi xususiyatlarga ega buladilar: -jismoniy barkamollikning ifodalanishi; ruhiy jihatdan muayyan ko'rsatkichga erishilganligi; xulq, faoliyat va muomala jarayonlarida individuallikning shakllanishi; e'tiqod, dunyoqarash va pozitsiyada barqarorlikning mavjudligi; bilim, ko'nikma va malakalarni egallashda individuallik; faoliyatga oid individual uslubning paydo bo'lishi; kasbiy motivatsiyaning ustuvorligi; ma'naviy ehtiyoj, barqaror kiziqishning qat'iyan yetakchiligi; -mutakassislikka munosabatning shaxsiy pozitsiyaga buysundirilganligi; kollej va oliy maktab muhiti o'ziga xosligining ular shaxsiyatida ifodalanishi; amaliyot va muhitga moslashishning sifat jihatidan tafovutlanishi. Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fani xulosalari kasb-hunar kollejlarida o'quvchilar o'z xulqi va o'quv-bilish faoliyatini boshqara olmasligini ko'rsatadi. Bundan kasbiy ta'lim jarayonida o'qituvchining o'rni muhim ekanligi kelib chiqadi. Pedagogik jarayonning mohiyati unda ishtirok etuvchi o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorlik faoliyati mazmunida o'z ifodasini topadi. Bunda o'qituvchining faoliyati o'quvchilarni yo'naltirish, safarbar etishdan iborat bo'lib, ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalar bilan belgilanadi, o'qituvchi o'quv materialini o'quvchining ongiga yetkazish uchun eng avvalo nutq (so'z)dan, shuningdek, shart-sharoit, vaziyat, shakl, metod, vositalaridan foydalanadi. Kasb-hunar kollejlarida pedagogik jarayonni tashkil etish, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilishda faqat o'qituvchi emas, balki muhandis-pedagog, tajribali mutaxassis kabilar ham ishgirok etishi mumkin. Lekin, boshqa o'qituvchilardan farqli ravishda kasb ta'limi o'qituvchisi psixologik-pedagogik, sohaviy va ixtisoslik bo'yicha tayyorgarlikni uzida mujassamlashtiruvchi tizimli ma'lumot oladi. Psixologik-pedagogik tayyorgarlik bitiruvchiga o'quv predmetini mustaqil ravishda loyihalashtirish, mazmunini tanlab olish va uni o'qitish metodikasini ishlab chiqish malakalarini egallash imkoniyatini beradi. Sohaviy tayyorgarlik esa ishlab chiqarish ta'limi va amaliyotini tashkil etish, amalga oshirishda rahbarlik qilish va natijalarini nazorat k:ilib baholash ishlarining mohiyatini anglab yetishga imkon beradi, Kasb ta'limi o'qituvchisi yoki muhandis-pedagoglarning lavozimiy vazifalari esa ixtisoslikka oid bilim, ko'nikma va malaka hamda shaxsiy fazilatlarni talab etadi. Rossiyalik olimlar Ye.I. Serkova va V.D. Simonenkolarning ko'rsatishicha kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik tarkibiy qismlari orasidagi maqbul munosabatning 60 foizini sohaviy tayyorgarlik, 27 foizini psixologik-pedagogik tayyorgarlik va 13 foizini ixtisoslik bo'yicha tayyorgarlik tashkil etadi. Xulosa o'rnida shuni qayd etish mumkinki, pedagogik jarayonning markazida uning teng nufuzli ishtirokchilari - o'qituvchi va o'quvchilar turadi. Bu ishtirokchilarning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
135.54 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
135.54 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc