Kasbiy ta'limni boshqarish Reja: ta'lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining psixologik-pedagogik asoslari. Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom. ta'lim muassasasi Ustavi. ta'lim muassasasi direktori va uning o'rinbosarlari huquqlari va majburiyatlari. Pedagogik jamoa va uning ish uslubiyotlari ta'lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo'lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta'lim tizimida xam boshqarishni to'g'ri tashkil etilishi juda muhim. hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o'ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish malum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli ta'sir ko'rsatish demakdir. ta'lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta'lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko'ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir. Bugungi kunda pedagogika faniga ta'lim muassasalarini boshqarish bo'yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan xam teranroqdir. Masalan, «ta'sir etish» tushunchasining o'rniga «o'zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo'llanilmoqda. ta'lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta'lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o'zaro xurmat bilan tavsiflanadi. Xo'sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi? Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta'lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo'nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Axliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor. «Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o'z mulklari va xodimlarni o'zlari boshqarganlaridan ko'ra tanlangan yo'nalish bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib etganlaridan so'ng paydo bo'ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi. Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi xam taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta'sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. ta'lim muassasasi menejmenti haqida so'z yuritilganda, O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so'z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to'xtalib o'tilganligini alohida takidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta'lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi: uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib borilishi; ta'limning normativ-xuquiy bazasi rivojlantiriladi; moliya-xo'jalik faoliyatini olib borish hamda ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta'minlanadi; ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatish huquqi beriladi; muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
74.36 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
74.36 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc