Kasbiy ta'limning funksiyalari va rivojlantirish tendensiyalari

Kasbiy ta'limning funksiyalari va rivojlantirish tendensiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kasbiy ta'limning funksiyalari va rivojlantirish tendensiyalari - rasmi

Material tavsifi

Kasbiy ta'limning funksiyalari va rivojlantirish tendensiyalari Reja: ta'lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining psixologik-pedagogik asoslari. Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom. ta'lim muassasasi Ustavi. ta'lim muassasasi direktori va uning o'rinbosarlari huquqlari va majburiyatlari. ta'lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining psixologik-pedagogik asoslari ta'lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo'lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta'lim tizimida xam boshqarishni to'g'ri tashkil etilishi juda muhim. hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o'ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish malum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli ta'sir ko'rsatish demakdir. Xo'sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi? Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta'lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo'nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Axliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor. «Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o'z mulklari va xodimlarni o'zlari boshqarganlaridan ko'ra tanlangan yo'nalish bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib etganlaridan so'ng paydo bo'ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi. Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, yani, vazirliklar va xalq ta'limi bo'limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o'rganadi, ta'lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg'or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish choratadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yo'llarini izlaydi, maktab direktori va o'qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko'rsatadi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o'quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o'quv-ta'lim va kasb-hunar dasturlarini birlashtirish, pedagog kadrlar bilan taminlsh, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi (O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi Markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi ta'lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o'rta ta'lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo'naltirilgan faoliyatidir. Bir yilda bir marta o'tkaziladigan maktab konferensiyasi xam jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferensiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi. Davlat ta'lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta'lim muassasalarining faoliyat ko'rsatishi xam ta'limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi. Umumiy o'rta ta'lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta'lim muassasasalarining Ustavi - ta'lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati. O'zbekiston Respublikasining «Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida»gi Nizomi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan: Umumiy qoidalar. Umumiy o'rta ta'limning maqsadi va vazifalari. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.22 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.22 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga