Kasbiy ta'limning qonunyatlari va tamoyillari Reja: 1.Kasb-hunar ta'limi jarayoni tizim sifatida 2.Kasb-hunar ta'limi didaktikasining asosiy masalalari. Kasb-hunar ta'limining qonuniyatlari va prinsiplari Umuman pedagogik, shu jumladan kasb-hunar ta'limi jarayonining qonuniyatlari ta'lim-tarbiya va o'quvchi shaxsini rivojlantirish jarayonida obhektiv ravishda mavjud aloqadorlik va o'zaro munosabatlarda o'z ifodasini topadi. Rus pedagog olimi L.D. Stolyarenko va uning maslakdoshlari tomonidan quyidagi ta'lim qonuniyatlari ehtirof etilgan bo'lib, ular bevosita kasb-hunar ta'limiga ham tegishlidir. Kasb-hunar ta'limi jarayonining tizim shaklida yaxlit va uzviy aloqador hamda mahlum o'zaro munosabatda bo'lgan komponentlardan iborat ekanligi; Ta'limning tarkibiy qismlari: maqsadi, mazmuni, metodlari, vosita va natijalarining ijtimoiy tuzumga bog'liqligi, yahni: ijtimoiy munosabatlar, jamiyatning mutaxassis kadrlarga bo'lgan ehtiyoji va talablari, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari, madaniyat kabilarni pedagogik jarayonning barcha tashkil etuvchi komnonentlarini shakllantirishga tahsiri; ta'limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi tavsifga ega ekanligi; ta'lim natijalarining o'quvchilarning ongli, faol o'quv-bilish faoliyatlariga bog'liqligi; -kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik va ishlab chiqarish qonuniyatlarining hisobga olinishi, ularning birligi va o'zaro aloqadorligi; kasbiy tayyorgarlik jarayonining o'zaro bog'liq nazariy va amaliy ta'lim integratsiyasidan iboratligi; kasbiy tayyorgarlik jarayonida o'quvchilarning yakkama-yakka (individual)- va jamoaviy faoliyatlarining tashkil etilishi kabilar. Uzluksiz ta'lim, shu jumladan, kasb-hunar ta'limi quyidagi pedagogik qonuniyatlarga asoslanadi: kasbiy ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi (muhandis-pedagog) va o'quvchilar hamda urganilayotgan obhektlarning o'zaro tahsiri; kasbiy ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning ongliligi, mustaqilligi va faolligi; kasbiy ta'lim-tarbiya jarayonida uning ishtirokchilari (o'qituvchi va o'quvchilari) maqsadlarining bir-biriga mushtarakligi; kasbiy ta'lim-tarbiya ishi natijalarining o'quvchilar ongi, faol o'quv- bilish faoliyatiga bog'liqligi; kasbiy ta'lim-tarbiya, yahni pedagogik jarayonni tashkil etuvchi maqsad, mazmun, metod, vosita, shakl, natija va ishtirokchilar orasida o'zaro bog'liqlik hamda munosabatlarning mavjudligi; kasbiy ta'lim maqsadi, uning mazmuni va metodlari, metod va mazmuni maqsadga erishilganlik darajasini belgilashi; kasbiy ta'lim mazmuni (uvuv materiali)ning vaqt, o'quvchilar yoshi, tayyorgarlik darajasi va boshqa individual xususiyatlariga mos holda tashkil etilganda maqbul o'zlashtirilishi; kasbiy xatti-harakat usullari (ko'nikma va malakalar)ning asosi hisoblangan bilimlar mohiyatini anglagan holda ish-xarakag operatsiyalarini takror bajarish orqali shakllanishi; o'quv materialini puxta uzlashtirilishi avval uzlashtirganlariga tayanganligi va muntazam ravishda takrorlanganligiga bog'liqligi; o'quv materialining maqsadga muvofiq holda shakllantirilganligi va o'quvchilarga yetkazilishi; uzlashtirish sifat va darajasining o'quvchilar imkoniyatlari, kiziqishi, idroki, tafakkuri, xotirasi, qobiliyati, o'qituvchi tomonidan uning ahamiyatli jihatlarini yoritilishi kabilarga bog'liqligi; uzlashtirish maromi va puxtaligini o'qituvchi tomonidan o'quv materialini anshq, lo'nda hamda qiziqarli yetkazilishiga bog'liqligi; o'quvchining aqliy rivojlanganligi, uzlashtirgan bilim, xatti-harakat usullari, hayotiy tajribalariga to'g'ri proportsional bog'liqligi; kasb-hunar ta'limining muvaffaqiyati, tezligi va natijalarining o'quvchilar individual xususiyatlariga bog'liqligi. o'quvchilarda mustaqil ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish va rivojlantirishning ular oldiga muhim ahamiyatga ega hayotiy dolzarb muammolar yechimini topish vazifasining qo'yilganligiga bog'liqligi kabilar. Kasb-hnar ta'limi jarayonida ishlab ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.23 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.23 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc