Kasbiy ta'limning shakllanishi va rivojlanishi Reja: 1.ta'lim metodlari va usullari haqida ma'lumot. ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi. ta'lim metodlarini faollashtirish yo'llari. Mustaqil ish va ularning turlari. ta'lim metodlari va usullari haqida tushuncha. ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo'llanilayotgan metodlar samaradorligiga bog'liq bo'lib, u ta'lim nazariyasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. ―Metod yunoncha ―metdos degan so'zni anglatib, u ―yo'l, tadqiq qilish kabi manolarni anglatadi. ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir. ta'lim metodlari o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi. O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo'lidir. ta'lim jarayoni va uning natijalari ta'lim beruvchining ta'lim oluvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usullariga bog'liq. Shu sababli doimo pedagogikada ta'lim metodlariga ta'lim beruvchining ish usullari va ta'lim oluvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi ham o'quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir. ta'lim metodlari ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi. Ular ta'limning maqsad - vazifalariga bog'liq bo'ladi. Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar. ta'lim metodlari tevarak -atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, yani ular falsafiy metodologik asosga egadir va ta'lim jarayonidagi qarama - qarshiliklarni, ta'lim jarayonining mohiyatini va tamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liqdir. O'quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib, takomillashib va ilmiy tus olib bormoqda, shuning uchun ta'lim metodlari ilmiy bilishning mantig'i va metodlariga tobora ko'proq bog'liq bo'lib bormoqda. Zamonaviy ilm - fan va texnika - texnologiyalarning rivojlanishi bilan ta'lim metodlariga bo'lgan munosabat ham o'zgarib, takomillashtib, zamonaviylashib boradi va ular hozirgi zamon didaktikasi hamda xususiy metodikalardagi ta'lim metodlari bilan uyg'un holda shakllantirilib boriladi. Shu sababli ham unga turlicha yondashuvlar bo'lishi ham tabiiydir. Bunda ayniqsa didaktik xarakterga ega bo'lganlari muhim ahamiyat kasb etadi va ular pedagogik nazariya doirasida amalga oshirilmog'i lozim. Bu borada ta'lim metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bo'lishi va pedagogik nazariyadan kelib chiqqan bo'lishi kerak hamda uning amaliy ahamiyatiga albatta etibor qaratiladi, chunki ta'lim metodlari amalda qo'llanilmasa u foydasiz bir narsaga aylanadi. Malumki, ta'limning amaliy yo'nalganligi ta'lim metodlarining eng muhim talablaridan biridir va u doimo zamon talabidagi dolzarb yo'nalishdir. Demak, ta'lim metodlarida pedagogik nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.1 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.1 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc