Kasbiy tayyorgarlik jarayonida tahsil oluvchilarning maxnaviy aqliy va jismoniy rivojlantirishning birligi haqida falsafiy pedagogik qarashlar Reja: Abu Nosir Farobiy o'qituvchi vazifasi haqida. Ibn Sinoning o'qituvchi layoqatiborasidagi fikrlari. O'qituvchi haqida Nasriddin Tusiyning psixologik qarashlari. Tarbiyadagi taxsir usullar Umar Xayyom talqinida. Abu Nosir Farobiy o'qituvchi vazifasi haqida. O'qituvchi mutaxassislarini tayyorlash va o'qituvchi qanday fazilatlarga ega bo'lishi haqidagi muammo qadim zamonlardan boshlaboq mutafakkirlarning diqqatini jalb qilib kelmoqda. Jumladan, Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nosir Farobiy (873-950) bu masalaga to'xtalib, bunday degan edi: «O'qituvchining vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshab ketadi. Shu sababli o'qituvchi ham ko'rgan va eshitganlarining barchasini yaxshilab esda saqlab qolishni bilmogi, aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo'lmogi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrini to'la va aniq ifodalay olishni bilmogi zarur. O'qituvchi faqat fan bilangina shugullanib qolmay, balki o'z bilimlarini o'z o'quvchilariga ham berishi, bunda mashaqqatli mehnatdan charchash nimaligini bilmasligi lozim. O'qituvchi may (spirt) ichimliklarni isteomol qilishdan o'zini tiyishi, xaqiqatchi bo'lib yolgonni va yolgon aytganni yomon ko'rishi, gururli bo'lishi va o'z or-nomusini qadrlashi, o'zining o'quvchilarga nisbatan adolatli bo'lishi, ko'zlagan maqsadiga erishishda qatoiylik ko'rsata bilishi lozim». «Bunday odam, - degan edi Farobiy, insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi… Bu esa xar qanday xatti-harakatdan xabardor bo'lgan va harakatlar tufayli baxtga erisha olidigan odamdir». O'rta Osiyolik atoqli olim Abu Ali ibn Sino )980-1037 fikricha o'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini hamda axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi olamini o'rganib, uning aql qatlamlariga kira bilmogi lozim. Abu Ali ibn Sino fikricha o'quvchiga qaratilgan xar bir so'zni o'qituvchi imo-ishoralar bilan to'ldirib bormogi lozim. Abu Ali ibn Sinoning taxlim jarayonida turli metod va usullarni qo'llash to'g'risidagi fikrlari muhim ahamiyatga egadir. Chunki shunday sharoitdagina o'qituvchi xar bir o'quvchining qobiliyat va layoqatini aniqlab, uning kelgusida o'z kasbini tanlab olishiga yordam bera oladi. Mutafakkirning fikricha o'qituvchi bu donolikdir. U hisob-kitob va yaxshilik qilish bo'yicha qandaydir yaxshi va foydali ishdir. «hisob-kitob bo'yicha nimadir qilinadi, nimadir olinadi: olingan narsa hamma vaqt ko'zga ko'rinavermaydi, chunki u yaxshi nom, xursandlik, oddiylik, yoki umuman xoxlagan bironta narsa bo'lishi mumkin. Qaerda almashinish mavjud ekan, darxaqiqat o'sha joyda hisob-kitob ham mavjuddir. Oddiy xalq tilida hisob-kitob deganda o'rtoqlar o'rtasidagi o'zaro fikr va narsa almashini tushuniladi. Maqtash, ragbatlantirish, almashinish predmetiga kirmaydi. Lekin aql-farosatli odam yoqqan xar qanday narsani foydali deb biladi. Yaxshilik esa mukofot o'rnini bosolmaganidek, bironta xulq-atvor ham bo'la olmaydi, balki bu yaxshilik qandaydir begarazlikdan kelib chiqadi. demak, o'qituvchining barcha harakatlari faqat yaxshilikdir». (9.792) juda yuqori baholaganlar. O'qituvchi oliy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.92 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.92 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc