Mavzu: Kasblar klassifikatsiyasi mavzusini o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish texnikasi BITIRUV LOYIHA IShI KIRISh Bitiruv loyiha ishing dolzarbligi. O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog'lom va barkamol, bilimli, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan vujudag kelgan yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko'rsatadigan, zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo'lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashning O'zbek modeli hayotga tadbiq etilmoqda. Mamlakatimizda yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis-kadrlarni tayorlash jarayonida psixologiya fanining roli va o'rni beqiyosdir. Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko'tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo'nalishiga aylandi. O'zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog'lom qilib o'stirishga, milliy g'oya, milliy mafkura va o'z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog'liq bo'lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham, Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovning Men yoshlarimizga, mening bolalarimga qarata, o'rganishdan hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman. O'rganish, intilish hech qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang, uni o'rganish zarur. Avvalambor, endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O'rganish, o'rganish va yana bir bor o'rganish kerak. Kasb o'rgangan, ilm o'rgangan kishi, o'zbekona aytganda, hech qachon kam bo'lmaydi. deb takidlagani bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta'lim-tarbiyasi mustaqil O'zbekistonning davlat siyosatida ustivor ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz takidlaganlaridek O'rganish, o'rganish va yana bir bor o'rganish zamirida juda katta mehnat yotadi. Aynan mana shu jarayonni tashkil qilishda, yoshlarni olgan bilim, ko'nikma, malakalarini amalda qo'llashni o'rgatish biz psixologlar oldida turgan dolzarb vazifalarda biridir. Shu asnoda Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o'rganadigan fan sifatida, bugun tom manoda, mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlarini bilish, mehnat vazifalarini ro'yobga chiqarishda inson shaxsi imkoniyatlarini va chegarasini aniqlash, inson va mehnat shart-sharoitlarining o'zaro ta'siri hamda moslashuvining qonunlarini o'rganishni taqozo etmoqda. Ushbu omillarni hisobga olgan holda muammoning dolzarbligini: birinchidan, mehnat psixologiyasi zamonga xos tarzda yangi bilimlar bilan jadal rivojlanib borayotgan, jamiyat uchun kerak bo'lgan ilmiy fanning amaliy sohasidir; ikkinchidan, oliy o'quv yurtlarida ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar o'z faoliyatlarida mehnat faoliyatini o'rganish metodlaridan samarali foydalanishlari lozimligi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Chunki ushbu metodlar yordamida ular shaxsining aqliy imkoniyatlari, shaxsiy xususiyatlari, undagi ijtimoiy-psixologik ta'sir omillarini o'rganish orqali, har qanday sport faoliyati jarayonini to'g'ri rejalashtirish, uchraydigan kamchiliklarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika hamda korreksion ishlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo'lish mumkin; uchinchidan, bevosita psixolog insonlar bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.5 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc