Kasblar va ularning klassifikatsiyasi Reja 1. Kasb tushunchasining mohiyati. 2. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi 3. Mehnatning maqsadiga qarab kasblar Hozirgi kunda yoshlarni kasbga yo'naltirishdan maqsad o'sib kelayotgan barkamol avlodni o'zining hayot yo'lini to'gri belgilashlarida, o'zining qobiliyat, qiziqish va moyilligini hamda ijtimoiy ehtiyojini hisobga olgan holda kasb tanlashlarida ko'maklashishdan iboratdir. Bizning jamiyatimiz har bir shaxsning qobiliyatlari to'lik namoyon bo'ladigan, yuqori samara bilan ishlay oladigan faoliyat va shart-sharoitlar bilan band bo'lishiga katta e'tibor bermoqda. Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga yo'naltirish yoshlarning kasbni erkin va mustahkam tanlashlari uchun mustaqil zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu shaxsning ma'naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya'ni barchasi birgalikda ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonda i uzviylikda amalga oshiriladi. O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda birinchi navbatda ularning kasblar klassifikatsiyasi, kasblarning tiplari to'g'risidagi bilimlarini shakllantirish kerak bo'ladi. Kasb o'zi nima? degan savol tug'iladi. Kasb so'zining ma'nosi - insonlarning hunari, faoliyat turi va hayot kechirishlari uchun manba xizmatini o'taydigan mashg'ulotni bildiradi. Kasb - ma'lum darajadagi tayyorgarlikni talab etadigan,davlatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan,bajaruvchiga iqtisodiy foyda keltirishi imkoniyati mavjud bo'lgan alohida faoliyat turidir.Har qanday shaxs hayotining xotirjamligiva moddiy farovonligining asosi unung kasbidir.Har qanday inson o'z hayotida muvaffaqiyatga erishishni xohlasa u to'gri tanlangan o'z kasbining egasi bo'lishi kerak.Faqat muvaffaqiyatni xohlamagan befarqlar uchungina kasb tanlash muhim tuyulmaydi.Har qanday muvaffaqiyatga erishganlar o'zining kasbidan faxrlanishlari shart.Buning uchun nima ekanligini yuzaki emas,chuqur his qilgan holda tushunib olish talab etiladi. Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo'linadi. Mehnat predmetlari bo'yicha kasblarning tasniflari O'quvchilarga kasblar turkumlari va kasblarning mehnat vositalariga qarab guruhlanishi to'g'risida ham ma'lumotlar berish kerak bo'ladi.Kasblarning turkumlari. Mehnatning maqsadi odam faoliyati mazmunining muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Mehnatning maqsadlari xilma-xil bo'lishiga qaramasdan, ularni uchta katta gruppaga: bilish, o'zgartirish, oylab topish gruppalariga bo'lish mumkin. Mehnatning maqsadiga qarab kasblarni uch turkumga ajratib ko'rsatish mumkin. Gnostik kasblar (G). Bu kasblarning nomi lotincha «gnozis»-bilim, bilish degan ma'noni anglatuvchi so'zdan olingan. Agar siz aqliy mehnat (ya'ni bilib olish, gnostik mehnat) bilan faqat ish stolida, xonada shug'ullanish mumkin deb o'zingizga odat bo'lib qolgan tarzda oylaydigan bo'lsangiz, u holda bunday fikrdan voz kechishga to'g'ri keladi. Bilish, o'rganish mehnati bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina kasblar mavjud bo'lib, ular bilan bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayonida shug'ullanishga to'g'ri keladi. Masalan, nazoratchilar, sortga ajratuvchilar, pirometristlar ana shunday kasbdagi kishilardir. O'zgartiruvchi kasblar (P). Juda ko'p kasblar mehnat predmetlarini o'zgartirish bilan bog'liq bo'ladi. Odamning o'zgartiruvchi faoliyati faqat buyumlargagina qaratilib qolmay, shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga, ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo'lishi ham mumkin. Mana, bunga faqat birgina misol keltiramiz. Etakchi o'quvchilarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.13 MB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.13 MB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: pptx