Kasbni o'ylab topish Trouver la profession Reja: Akvarium o'yini Fellar o'yini Sifat o'yini. Bugungi kun odamlari (Today's people. Leute von heute). Les gens d'aujourd'hui. Har biri 3-4 kishidan iborat bo'lgan guruhlar tashkil qilinadi. Har bir guruh sinfdagi biron bir o'quvchini tanlab oladi. Tanlab olingan o'quvchining ismini aytmasdan uning xarakterini, qiziqish-larini va bo'sh vaqtini qanday o'tkazishini tasvirlab beradi. Lekin tashqi ko'rinishni tasvirlash man etiladi. Guruhlarga tayyorgarlik ko'rish uchun 10-15 daqiqa vaqt beriladi. So'ngra har bir guruh tasvirlagan o'quvchini boshqa guruhlar topishi lozim. Kasbni o'ylab topish (Finding profession. Beruf raten). Trouver la profession. Barcha o'quvchilar doira shaklida o'tiradi va o'qituvchi o'quvchilarga turli kasblarni aks ettiruvchi rasmlar tarqatadi. Lekin xech kim olgan rasmini boshqalarga ko'rsatmasligi lozim. O'qituvchi o'zi istagan o'quvchini o'rtaga chiqaradi va boshqalar unga quyidagi savollarni berishi mumkin. Stanok oldida Ochiqlikda Byuroda O'tirib Turib ishlaysizmi? Kechqurunlari ham Tunlari ham Yolg'iz Hamkasblar bilan birgalikda Ko'p pul Oz pul ishlab topasizmi? Ish joyingiz tinchmi? Ish joyingiz shovqinmi? Kasb-hunar maktabida Lekin to'g'ridan-to'g'ri kasbi haqida savol berilmasligilozim. Masalan: Siz o'qituvchimisiz? Faqatgina berilgan savollardan keyingina kasbini aytish mumkin. O'rtada turgan o'quvchi faqat ha yoki yo'q deb javob beradi. Akvarium o'yini Bu o'yin asosan o'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun qo'llaniladi. Barcha o'quvchilar doira shaklida turadilar. O'rtaga o'tilgan mavzu bo'yicha javob berishi lozim bo'lgan 3 ta o'quvchi stullarni birbiriga ro'baro' qilib o'tiradilar. Aytaylik, o'tilgan mavzu Mening or-zuimdagi kasbim. O'quvchi o'zining orzuidagi kasbi haqida gapi-rib beradi. So'ngra agar atrofda turgan o'quvchilarning savollari bo'lsa javob bergan o'quvchining stulini ushlab turib savol beradi. Javobni olib bo'lgandan keyingina o'z joyiga borib turadi. Bu harakat shuni bildiradiki, go'yo o'rtada o'tirganlar baliqlar. Ular-ga savol berib baliqni tutganday ko'rinadi. O'rtadagi o'quvchilar savol berishlari mumkin emas. Grammatik-tarjima metodi bo'yicha o'quvchilar javob berayotgan o'quvchiga diqqat bilan etibor berishmas edi. Bu usulda esa o'quvchilar etibor bilan turishadi. Mantiqli, o'rinli va xatosiz savollar berib faol qatnashgan o'quvchilar ham baholanadilar. O'rtada o'tirgan uchta o'quvchi javob berib bo'lgandan keyin, yana boshqa uch o'quvchi o'tirib o'yinni davom ettirishi mumkin. Fellar o'yini O'quvchilar doira shaklida turadilar. O'tilgan mavzu hozirgi zamon deb faraz qilamiz. O'qituvchi o'yinni o'zi boshlab, biron-bir felni hozirgi zamonda aytib harakatda ko'rsatib beradi. Yonida turgan o'quvchi esa o'qituvchining aytgan felini ismi bilan harakatda ko'rsatib, o'zi ham boshqa bir felni harakat bilan ko'rsatadi. Uchinchi o'quvchi esa avvalgilarni takrorlab yana boshqa bir felni harakat bilan ko'rsatadi. Masalan: ( Po'latov is thinking, Ahmedov is writing and I am reading. Po'latov denkt, Ahmedov schreibt und ich lese). O'yin shu tariqa davom etadi. Bu o'yin orqali hozirgi zamon ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.56 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.56 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: doc